7. Kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradigan, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr bu … - Topishmoq.
8. Topishmoqlar necha xil shaklda bo‘ladi? – 2 xil: nasriy va she’riy.
9. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra … - 2 xil: bir yoki bir necha predmetli bo‘ladi.
10. “Qoziq ustida qor turmas?” – Tuxum.
11. “O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich?” – Igna.
12. “Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yog‘i oq?” – Yil (daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i qora, bir yog‘i oq).
13. “Teg desa, tegmaydi, tegma desa, tegadi?” – Lab.
14. “Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi, qushim?” – Choynak.
15. Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining yana qaysi janrlari ichida ham uchraydi? – Doston va ertaklar ichida.
16. Topishmoq qatnashadigan ertaklar necha xil? – 2 xil: 1. Topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida keladi); 2. Ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosiga quriladi).
17. Mumtoz adabiyotdagi topishmoq nima deb ataladi? – Chiston.
18. Chiston janrining go‘zal namunalarini mumtoz adabiyotimizdagi qaysi ijodkorlar ijodida kuzatishimiz mumkin? – Alisher Navoiy, Uvaysiy.
Nazariy ma’lumot. Maqol va topishmoq tushunchasi
1. Insonni odob-axloqqa o‘rgatadigan janr? – Maqol.
2. Insonni mantiqiy fikrlashga, topqirlikka, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr? – Topishmoq.
3. Inson nutqini bezaydigan janr qaysi? – Maqol.
4. Maqol janriga taalluqli maqol keltiring. – “Yuz ko‘rki – soqol, so‘z ko‘rki – maqol”.
5. Maqolga qanday xususiyatlar xos? – Mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |