3. 10-maqolatning nasriy bayonini muallifi kim? – Abduqodir Hayitmetov.
4. “Mistar” so‘zining ma’nosi nima? – Chizg‘ich, lineyka.
5. “Hayrat ul-abror”ning 10-maqolatida rostgo‘ylik va to‘g‘rilik haqidagi hikoyat qaysi? – “Sher bilan Durroj” hikoyati.
6. “Durroj” so‘zining ma’nosi nima? – Kaptarning bir turi, qirg‘ovul.
7. “Sher bilan Durroj” hikoyatida qaysi obraz yolg‘on gapiradi? – Qirg‘ovul.
8. Alisher Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni qaysi? – “Hayrat ul-abror”
9. “Hayrat ul-abror” so‘zining ma’nosi nima? – “Yaxshi kishilarning hayratlanishi”.
10. “Hayrat ul-abror” dostonining hajmi qancha? – 63 bob, 20 maqolat.
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
1. Ham shoh, ham shoir bo‘lgan ijodkor kim? – Z. M. Bobur
2. “Bobur” so‘zining ma’nosi nima? – Arabcha “sher” degani
3. Boburning avlodlari hind diyorida qancha vaqt hukmronlik qilganlar? – 300 yildan ortiq.
4. Ruboiyning tengsiz namunanalarini yaratgan shoir kim? – Z. M. Bobur.
5. Bobur ko‘rgan-kechirganlari haqida qaysi asarini yozib qoldirgan? – “Boburnoma”.
6. Bobur yana nimalarga qiziqqan? – Musiqaga, musiqa haqida ilmiy kitob ham yozgan.
7. Z. M. Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1483-yilning 14-fevralida Farg‘ona viloyatining Andijon shahrida.
8. Otasining ismi? – Temuriyzodalardan Umarshayx Mirzo. Farg‘ona viloyati hukmdori edi.
9. Onasining ismi? – Qutlug‘nigorxonim. Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
10. Bobur zimmasiga qachon va nima uchun taxtni boshqarish vazifasi tushadi? – Otasining vafoti tufayli, 12 yoshida.
11. U necha yoshida bobomeros vatani Samarqandni bosib oladi? – 15 yoshida.
12. Necha yoshida u yerni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi? – 16 yoshida.
Do'stlaringiz bilan baham: |