37. “Darvesh” hikoyatida darvesh nega zindonga tushib qoladi? – O‘g‘li odam o‘ldirib qochgani uchun.
38. “Guliston” asaridagi “Hikoyat”da Sa’diy Sheroziy qaysi qal’aning xandaqi qazilishiga jalb qilinadi? – Taroblis qal’asining.
39. “Guliston” asaridagi “Hikoyat”da Sa’diy Sheroziyning kim bilan oshnoligi bor edi? – Halab ulug‘laridan biri bilan.
40. “Guliston” asaridagi “Hikoyat”da Sa’diy Sheroziyni kim xandak qazishdan qutqaradi? – halab ulug‘laridan biri 10 tilla berib.
41. “Guliston” asaridagi “Hikoyat”da Sa’diy Sheroziy kimning qiziga uylanadi? – 100 tilla mahr berib Halab ulug‘ining badfe’l, xunuk qiziga uylanadi.
42. “Guliston” va “Bo‘ston” asarlarini kim sevib o‘qigan? – Alisher Navoiy.
43. Alisher Navoiy “Guliston” va “Bo‘ston” asarlarini sevib o‘qiganligini qaysi asarida aytib o‘tgan? – “Lison ut-tayr” (“Qush tili”)
44. Sho‘rolar tuzumi o‘rnatilgunga qadar eski maktablarda darslik sifatida o‘qitilgan asarlar qaysi? – “Guliston” va “Bo‘ston” asarlari.
45. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlaridan ilhom olib yaratilgan asar qaysi? – Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari.
46. Sa’diy Sheroziyning qaysi asari so‘nggi olti-yetti asr davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan? – “Guliston” asari.
47. “Bo‘ston” asari qachon o‘zbek tiliga tarjima qilingan? – 1960-yilda.
48. “Ayb qidirmaslik haqida”gi hikoyat qaysi asardan olingan? – “Bo‘ston”dan.
VATANNI SEVMOQ IMONDANDIR
Abdulla Avloniy hayoti va ijodi
1. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti vakillaridan biri bu? – Abdulla Avloniy.
2. Abdulla Avloniy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |