1. Sa’diy Sheroziyning to‘liq ismi-sharifi? – Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy.
2. So‘fiylar boshlig‘i, din arboblariga nisbatan qanday atama ishlatilgan? – Shayx.
3. Sa’diy Sheroziy qayerlik? – Eronning mashhur shahri Sherozdan.
4. “Sarbon” so‘zining ma’nosi nima? – Tuya yetaklovchi, karvonboshi.
5. “Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad”. Ushbu g‘azal muallifi kim? – Sa’diy Sheroziy.
6. Kimlar o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziyga murojaat qilganlar? – Fransuz Volter, nemis Gyotelar.
7. Sa’diy Sheroziy nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan asarlari qaysilar edi? – “Guliston” (1258) va “Bo‘ston” (1257) asarlari.
8. Sa’diy Sheroziy qachon tug‘ilgan? – Tug‘ilgan yilini har xil ko‘rsatadilar. Masalan, 1184, 1189, 1203, 1210.
9. Sa’diy Sheroziy qachon vafot etgan? – 1292-yilda.
10. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilini sayohatda o‘tkazgan? – 20 yilini.
11. “Shahar qozisi haqidagi hikoyat” qaysi asaridan olingan? – “Bo‘ston” asaridan.
12. “Shahar qozisi haqidagi hikoyat”dagi darvesh kim edi? – Sa’diy Sheroziy.
“Guliston” va “Bo‘ston” asari
1. “Hakim” so‘zining ma’nosi nima? – Donishmand.
2. “Pand” so‘zining ma’nosi nima? – Nasihat.
3. “E’timod” so‘zining ma’nosi nima? – Ishonch.
4. “Siym” so‘zining ma’nosi nima? – Kumush.
5. “Zar” so‘zining ma’nosi nima? – Oltin.
6. “Chashmayi ravon” so‘zining ma’nosi nima? – Oqar chashma.
7. “Sahl” so‘zining ma’nosi nima? – Oz.
8. “Ajamiy” so‘zining ma’nosi nima? – Eronlik.
9. “G‘ulom” so‘zining ma’nosi nima? – Qul.
10. “Mehnat” so‘zining ma’nosi nima? – Azob.
11. “Hunar o‘rganmoq haqida”gi hikoyat qaysi asardan olingan? – “Guliston”dan.
Do'stlaringiz bilan baham: |