5-SINF ADABIYOTDAN SAVOL – JAVOBLAR
Adabiyotning asosiy quroli ? Badiiy so’z.
Qaysi shoirning she’rida “ilig’imsan”, “ulug’imsan” qofiyadoshlarni uchratishimiz mumkin ? M.Yusuf.
O’zbekiston Milliy bog’idagi Navoiy haykali ustida shoirning qaysi misralari keltirilgan ?
Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig’,
Yor o’lung bir-biringizgaki, erur yorlig’ ish.
I.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida nima haqida “…azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib kelgan” – degan ta’rif bergan ? Adabiyot haqida
Adabiyotning she’riyat turiga kiruvchi janrlar…? She’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar.
Adabiyotning nasr turiga kiruvchi janrlar…? Ertak, hikoya, ocherk, qissa va roman.
Adabiyotning dramaturgiya turiga kiruvchi janrlar …? Intermediya, komediya, tragediya.
Adabiyotning qaysi turi muallif ixtiyoriga ko’ra ham she’riy, ham nasriy yo’l bilan yozilishi mumkin ? Dramaturgiya.
“Odissey” dostoning muallifi , qadimgi yunon adibi ? Homer.
Gyote qaysi xalqning yozuvchisi hisoblangan ? nemis.
Butun bir asarini maqol asosida qurgan shoir ? Gulxaniy.
“Zarbulmasal”da qancha maqol keltirilgan ? 400 dan ortiq.
“Zarbulmasal”da nima tasvirilangan ? Yapaloqqush va boyo’g’ilining quda-andachilik mojorolari.
Qaysi hukmda xatolik mavjud ? Maqoldagi so’zlar eskirmaydi.
Eski o’zbek tilida qo’lni nima deb atashgan ? Al.
Qadimda dunyoni nima deb atashgan ? Ochun.
Eski o’zbek tilida kitobni nima deb atashgan ? Bitik.
Qaysi maqolda vatansizlikning azobi haqida gap ketgan ? Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |