Fedr va Babriy.
Kim Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qilgan ? Fedr.
Lessing va Gellert qaysi xalqning masalchilari hisoblanadi ? Nemis.
Hind xalqining masal janrdagi nodir namunalari hisoblangan asarlarni aniqlang. “Panchatatra”, “Kalila va Dimna”
O’zbek xalqida pand-nasihat ruhida yaratilgan va madrasalarda o’quv-qo’llanma sifatida o’qitilgan kitoblar qanday nomlangan ? “Odobnoma”, “Pandnoma”.
Navoiyning qaysi asarlari majoziy shaklda yaratilgan ibratli hikoyatlardan tashkil topgan va maxsus shu yo’nalishda yaratgan ? “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”.
O’zbek masalchilik rivojiga ulkan hissa qo’shgan adibni aniqlang. Gulxaniy.
XX asrga kelib qaysi adiblarimiz masal janrida qalam tebratmoqda ? A.Avloniy, Hamza, Yami Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor Xudoyqulov.
Sabr-bardosh, qanoat degan tushunchalari Ezopning qaysi masalda ilgari surilgan ? “Eshak va baqalar”
“Ezop masallari” to’plami qaysi nashriyotda chop etilgan ? G’ofur G’ulom nomidagi nashriyotda.
Qaysi janr xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida qurilgan bo’ladi ? Ertak.
Ertak Surxandaryoda nima deyiladi ? Matal.
Ertak Xorazmda nima deyiladi ? Varsaki.
Ertak qayerda ushuk deb atalgan ? Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda.
Ertak Toshkentda nima deyiladi ? Cho’pchak.
“Sizga bog’ bo’lsin, bizga hayot” jumlasi ertakning qaysi qismida uchraydi ? Kirish qismida.
Ertaklarda ola qarg’aga qanday nisbat beriladi ? Azonchi.
Ertaklarda to’qimchi sifatida qaysi obrazni uchratamiz ? To’rg’ay.
Ertaklarda uchraydigan Ayoz bobo ertakning qayusi qismida uchraydi va qanday timsol bo’lib keladi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |