5-sinf adabiyotdan savol – javoblar adabiyotning asosiy quroli ? Badiiy so’z


Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas


Download 28.4 Kb.
bet2/13
Sana28.12.2022
Hajmi28.4 Kb.
#1070943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-sinf yangi

Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas. Maqolda qo’llanilgan somon so’zi qaysi rangni bildirgan ? Sariq.

  • Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas. Maqolda ichki qofiyaga olingan so’zlarni aniqlang ? Omon, somon.

  • O’zgalar yurtida shoh bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l maqoli qaysi sarkardaning hayotini eslatadi ? Z.M.Bobur.

  • Qaysi janrda xulosa bo’lmaydi, hukm bo’lmaydi ? Topishmoq.

  • Qaysi janrda narsaning belgilarini berilishi muhim ahamiyatga ega ? Topishmoq.

  • Qaysi janrda ibratli fikr, albatta, hukm shaklida ifodalanadi ? Maqol.

  • Oltovlon ola bo’lsa, Og’zidagini oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.

    Maqol mavzusiga ko’ra maqolning qaysi turiga kiradi ? Birlik, ittifoqlik haqida. ‘

    1. Oltovlon ola bo’lsa, Og’zidagini oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.

    Maqolda qo’llanilgan ola bo’lmoq so’zi nimani anglatgan ? Noahillikni.

    1. Oltovlon ola bo’lsa, Og’zidagini oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.

    Maqolda qo’llanilgan qiyin, murakkab ishlarni ham osongina hal qilmoq ma’nosini anglatgan jumlani aniqlang. Tepadagini endirmoq.

    1. Oltovlon ola bo’lsa, Og’zidagini oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, Tepadagini endirar.

    Maqolda bor narsasini ham boy bermoq ma’nosini anglatgan jumla ? Og’zidagin oldirmoq.

    1. Ma’nosi bir-biriga yaqin bo’lgan maqollarni aniqlang. Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi, Olmaning tagiga olma tushadi, Qazisan, qartasan, axir aslingga tortasan.

    2. Qaysi maqolda so’zlar o’z ma’nosida qo’llanilgan ? Yer haydasang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda.

    3. Quyidagi: Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi, Olmaning tagiga olma tushadi, Qazisan, qartasan, axir aslingga tortasan maqollari nima haqida ? Kishilarning fe’l-atvori haqida.

    4. El qo’risang, o’zarsan, Qo’rimasang to’zarsan maqoli nima haqida ? Vatanparvarlik

    5. Maqollarda Bir kun tuz yegan joyingga necha kun salom ber deyiladi ? Qirq kun.

    6. Quyidagi maqolni to’ldiring. Oltin o’tda bilinadi, Odam - … . Mehnatda.

    7. Maqolni davom ettiring. Aybsiz do’st axtargan … . Do’stsiz qolar.

    8. Maqolda tagiga chizilgan so’zning ma’nosini aniqlang. Chin so’z – mo’tabar, Yaxshi so’z – muxtasar. Qisqa, lo’nda.

    9. Maqolni davom ettiring. O’g’li borning o’rni bor, Qizi borning … . Qadri bor.

    10. Maqollarda tuman boylik deya nimaga nisbatan aytilgan ? Tani sog’liqqa.

    11. Maqollarda “aynimas” va “sasimas” deya nimaga ta’rif berilgan ? Asal va sariyog’ga.

    12. Insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at ? Xalq og’zaki ijodi.

    13. Topishmoqlarni ba’zan nima deb ham atashgan ? Topmacha, matal, jumboq.

    14. Bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi qaysi janr ? Topishmoq.

    15. Topishmoqlar qay shaklda yaratiladi ? Nasriy va she’riy.

    16. “Qoziq ustida qor turmas” topishmog’ining javobi ? Tuxum.

    17. “Qoziq ustida qor turmas” topishmog’i topishmoqning tuzilishiga ko’ra qaysi turiga kiradi ? Bir predmetli.

    18. Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra …? Bir predmetli va bir necha predmetliga bo’linadi.

    19. Qaysi janrda g’ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotimizda ko’rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi ? Topishmoqda.

    20. Topishmoqlarda “xalqqa salom beradigan qush” sifatida nima uchraydi ? Choynak.

    21. Qaysi janrda qahramonlar bir-birini aql-u farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar ? Ertaklarda.

    22. Ertak-topishmoq qay shaklda bo’ladi ? Asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo’ladi.

    23. Topishmoqlar qaysi janrda ikki xilda joylashgan bo’ladi ? Ertakda.

    24. Topishmoqlarning qaysi turida fan-texnika yutuqlari o’z ifodasini topgan ? Zamonaviy.

    25. Topishmoqning mumtoz adabiyotdagi ko’rinishi ? Chiston.

    26. Chiston qaysi shaklda paydo bo’lgan ? O’zaro savol-javob shaklida.

    27. Chiston qay shaklda yoziladi ? fard, bayt, qit’a, g’azal, ruboiy.

    28. Chiston janrining go’zal namunalari qaysi shoirlarning nomi bilan bog’liq ? Alisher Navoiy, Uvaysiy.

    29. Topishmoqlarda ”Bir parcha patir” belgisi ostida nima yashiringan ? Quyosh.

    30. Topishmoqlarda “Dumi o’roq” deya nima tasvirlangan ? Xo’roz.

    31. Qaysi topishmoqda “otasi”, “onasi”, “bolasi” ishtirok etadilar ? Tok, bargi, uzumi haqidagi topishmoqda.

    32. Kunduz kuni o’chirib, Tunda yoqa olmaysan, Yoniga bo’lmas borib, Usiz yashay olmaysan.

    Topishmoq javobini aniqlang. Quyosh.

    1. Qaysi janrda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda bo’lishi kerak ? Maqol.

    2. “Ma’nolar xazinasi” nima haqida va muallifini aniqlang. Maqollar haqida, Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedov.

    3. “O’zbek topishmoqlari” to’plamini kim tayyorlagan ? Z.Husainova.

    4. Muhaddis so’zining ma’nosi ? Hadis biluvchi, hadis aytuvchi.

    5. Vahiy nima ? Alloh taoloning o’zi sevgan bandasi diliga ilohiy so’zlarni solish.

    6. “Qur’oni karim” kitobi xalq orasida qaysi nom bilan ham yuritiladi ? “Kalomulloh”

    7. Ahamiyat jihatdan Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turuvchi manba ? Hadislar.

    8. Nima uchun soxta hadislar to’qib chiqarilgan ? Islomni obro’sizlantirish, musulmonlarni chalg’itish maqsadida.

    9. Hadisshunoslik fani nima bilan shug’ullangan ? Hadislarni sahih va nosahihga ajratish bilan shug’ullanadi.

    10. Sahih va nosahih so’zlarning ma’nosi ? ishonchli va ishonchsiz.


    11. Download 28.4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling