5-sinf b o t a n I k a


Download 143.2 Kb.
bet2/3
Sana20.09.2023
Hajmi143.2 Kb.
#1681729
1   2   3
Bog'liq
Abdurasulov Akbar piyoz po\'stidan preparat tayyorlash

Buyum stolchasi:

  • yumaloq yoki to'rtburchak shaklida;

  • harakatsiz o'rnatilgan;

  • uning markazida darchasi bor;

  • buyum stolchasida (vaqtmchalik va doimiy) preparatlarning turg'un joylashuvini (fiksatsiyasini) klemmalar - qisqichlar ta'minlaydi;

• buyum stolchasi tagida mikroskopning yorituvchi qismi o'rnatilgan.

  1. Mikroskopning umumiy kattalashtirgich ko'rsatish darajasini hiblash usullarini o'rgatish. Bunda - kattalashtirgich daraja - obyektivning okulyarga ko'paytirilgan qiymatiga teng ekanligini misollarda ko'satiladi.

Obyektiv raqami

Okulyar raqami

Umumiy kattalashtirish

4"

16"

64 marta

10"

16"

160 marta

40"

16"

640 marta

90 "

16"

1440 marta

3. O'quvchilar darsda o'rganilgan va keltirilgan asosiy ma'lumotlarni o'z daftarlariga yozib oladilar va amaliy q mashq qilib ko'radilar.
Rasmni davom ettiring.

Mashg'ulot natijalari va yakuniy xulosa.

Sana:
Mavzu: HUJAYRA

  1. laboratoriya mashg'uloti: Piyoz po'sti va chigit to'qimalaridan vaqtinchalik preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko'rish.

Maqsad: O'quvchilarda mikroskop bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, hamda o'simlik hujayralari tuzilishi va xilma-xilligi bilan tanishish.
Jihozlar: CCD-kamerali mikroskop, biologiya o'qituvchisining laboratoriya asbob-anjoralari to'plami (pinset, tomizgich, qoplagich va buyum oynasi, filtr qog'ozi), mikropreparatlar to'plami (piyoz po'sti), preparoval to'plam (skalpel, pinset, preparoval nina), polipropilen o'lchov idishlari to'plami, g'o'zaning tukli urug'i, pomidor mevasi, piyozbosh, lyugol eritmasi.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Mikroskop ish holatiga keltiriladi (mikroskop ko'zgusi yorug'lik tushadigan tomonga qaratiladi va yorug'lik to'planadi. Yorug'lik buyum stolchasidagi preparatdan o'tib, kattalashgan tasvir ko'rinishini ta'minlaydi. Tasvir okular orqali ko'rinadi).

  2. Piyoz po'stidan preparat tayyorlash: preparoval nina yordamida piyozning yupqa po'stidan kichik bir bo'lak ajratib olinadi. Uni buyum oynasidagi bir tomchi suv ustiga qo'yiladi, qoplagich oyna bilan yopiladi va chetidagi ortiqcha suv filtr qog'ozi yordamida shimdirilib olinadi).

  3. Tayyorlangan vaqtinchalik preparatni dastlab mikroskopning kichik, keyin katta obyektivlari ostida ko'riladi. Preparatda hujayraning qobig'i, sitoplazmasi, yadro va vakuolasi topiladi.

  4. Vaqtincha preparat tayyorlash imkoniyati bo'lmasa piyoz po'stidan tayyorlangan doimiy mikropreparatida ko'riladi. Mikroskopda ko'rilgan hujayraning rasmi chiziladi va uning qismlari belgilanadi.

  5. Pishgan pomidor etidan nina yordamida bir bo'lak ajratib olinib, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo'yiladi, ustiga qoplagich oyna yopiladi va chetidagi ortiqcha suv filtr qog'ozi yordamida shimdirilib olinadi.

  6. Tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko'riladi. Preparatdan hujayraning qobig'i, sitoplazmasi, yadro va vakuolasi topiladi. Kuzatilganlarning rasmi chizib olinadi, hujayra qismlari alohida belgilanadi.

  7. Namlangan chigitning po'stidan bir bo'lagi ajratiladi va buyum oynasidagi suv tomchisiga qo'yilib, qoplagich oyna bilan yopiladi va chetidagi ortiqcha suv filtr qog'ozi yordamida shimdirilib olinadi.

  8. Tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko'riladi, hujayra qismlari aniqlanadi va chizib olinadi, hujayra tarkibiy qismlarining nomlari yoziladi.

  9. Kuzatishlar asosida quyidagi jadval to'ldiriladi:

Jadval-1



O'simlik nomi

Hujayra shakli

Plastidalar

Hujayra qismlari

Hujayra vazifalari

1.

Pomidor













2.

Piyoz pardasi













3.

Chigit po'sti













Rasm.
Mashg'ulot natijalari va yakuniy xulosa.

Download 143.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling