5 sinf batanika Test


Download 110 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi110 Kb.
#223306
  1   2   3
Bog'liq
5 yakuniy


5 sinf batanika Test

1.O’simlik qaysi organi bilan tirik

a)ildiz b)poya c)barg d)urug’

2.Bargning vazifalari to’g’ri berilgan qatorni toping

1.barg novdaning bir qismi bo’lib, o’simliklarning muhim hayotiy jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qilish 2.o’simlik asosi barg 3.o’simlik bargi bilan tirik 4.suvni bug’latish 5.nafas olish

a)1.3.4.5 b)1.2.4.5 c)1.5.4 d)1.2.3.4

3.Barg bandiga ega bo’lgan o’yma bargli o’simliklarni ko’rsating

a)olma, o’rik b)anjir, tok c)shirach, gulsafsar d)qovun, bodring

4.Manzarali o’simliklarning bargi qanday tuzilgan

a)bandli b)bandsiz c)oddiy d)murakkab

5.Tabiatda qanday barglar keng tarqalgan

a)oddiy b)murakkab c)bandli d)bandsiz

6.Parallel tomirlangan o’simliklarni ko’rsating

a)tut, g’umay b)bug’doy, oq jo’xori c)g’o’za, tut d)arpa, olma

7.Bitta barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan o’simliklarni ko’rsating

a)qayrag’och, majnuntol b)beda, tut, tok c)g’o’za, loviya, nok d)yong’oq,yeryong’oq

8.G’o’za, yantoq, rovochga xos xususiyatni toping

a)hayotiy shakliga ko’ra bir yillik o’t b)yorug’sevar o’simliklar c)oddiy bargli o’simliklar d)Bitta barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan o’simliklar

9.Panjasimon bargli o’simlikka xos bo’lmagan xususiyatni toping

a)hayotiy shakliga ko’ra daraxt b)soyasevar o’simlik c)oddiy bargli o’simliklar d)bitta barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan o’simliklar

10. O’simlik barglarining tukli yoki tuksiz bo’lishi nimalarga bog’liq?

a)yashash sharoitiga b)o’simlik turiga c)bir yoki ikki pallali bo’lishiga d) Suvdan foydalanishiga ko’ra qaysi guruhga mansubligiga

11.Ikki karra patsimon bo’lingan murakkab bargli o’simlikni toping

a)shoyi akatsiya b)totim, shoyi akatsiya c)soxta kashtan, totim d)rovoch, ojud, kavrak

12.Barglari novdada halqa hosil qilib joylashadigan o’simliklarni ko’rsating

1.g’o’za 2.do’lana 3.gazanda 4.mavrak 5.chinnigul 6.sambitgul 7.yantoq 8.qumrio’t

a)1.3.4 b)1.2 c)6.8 d)3.4.5

13.O’simliklarning qaysi organlari poyada joylashishi o’xshash

a)kurtak, barg b)barg, novda c)kurtak, novda d)barg va to’pgul

14.Barg po’stida yana qanday shakildagi hujayralar bo’ladi (1), ularda sitoplazma va mag’izdan tashqari yashil tusdagi plastidalar bo’lib nima deb ataladi (2).

a.no’xatsimon b.loviyasimon c.juft d.toq e.barg eti hujayralari f.barg og’izchalari hujayralari

a)1.b va c 2.f b)1.a va c 2.f c)1.b va d 2.e d)1.b va c 2.e

15.Barglarning ustki po’st tagidagi qavati qanday hujayralardan tashkil topgan

a)ovalsimon b)yumaloq c)ustunchalarga o’xshash cho’ziq hujayralar d)barg eti hujayralari

16.Tomirlardagi nimalar bargga mustahkamlik berib turadi

a)tolalarni b)elaksimon naylarni c)loviyasimon juft hujayralarni d)naylar

17.Olimlar ko’pgina tajribalari asosida organik moddalar o’simlikning qaysi qismida hosil bo’lishini aniqlagan

1.barg eti hujayralarida 2.barg og’izchalari hujayralarida 3.o’simlikning yashil organlari hujayralarida 4.tugunak va piyozboshlarda

a)1.3 b)2.3 c)1.4 d)2.4

18.Barg hujayralariga suv bilan bir vaqtda qaysi qism orqali (1), v anima kiradi (2).

a.barg eti orqali b.barg og’izchalari orqali c.kislorod d.karbonat angidrid e.suv bug’lari

a)1.b 2.d b)1.d 2.b c)1.a 2.e d)1.a 2.d

19.Fotosintez natijasida o’simliklarda dastlab nima hosil bo’ladi

a)shakar b)kraxmal c)erkin kislorod d)oqsil

20.Karbonat angidrid suv bilan birikkanda, organik moddalardan tashqari yana nima (1), hosil bo’ladi va o’simlikning qaysi qismi orqali (2), havoga chiqariladi

a.barg eti orqali b.barg og’izchalari orqali c.kislorod d.karbonat angidrid e.suv bug’lari

a)1.e 2.b b)1.e 2.a c)1.c 2.b d)1.c 2.a

21.O’simliklarda qanday omillar yetarli bo’lsa, organik moddalar shuncha ko’p hosil bo’ladi

1.suv 2.shakar 3.karbonat angidrid 4.harorat 5.kislorod 6.mineral tuzlar 7.yorug’lik

a)1.3.5.7 b)1.3.4.5.6.7 c)1.3.4.6.7 d)1.7.3.4.6.5

22.Har qanday o’simlikni ekkanda uning qaysi omilga bo’lgan talabi inobatga olinadi

a)suvga b)yorug’likka c)haroratga d)mineral tuzlarga

23.Barglar nafas olganda havodan nima qabul qiladi (1), nafas chiqarganda havoga nima ajratadi (2).

a.kislorod b.karbonat angidrid c.suv va unda erigan mineral tuzlar

a)1.a 2.b b)1.b 2.a c)1.b va c 2.a d)1.c 2.b

24.O’simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qilib qanday jarayon ko’zatiladi

a)organik moddalar hosil bo’ladi b)organik moddalar parchalanadi c)nafas olish uchun yorug’lik talab etiladi d)b va c

25.O’simliklar qaysi kislorod hisobidan nafas oladi

a)o’zlari ajratgan kislorodning ko’p qismidan b)o’zlari ajratgan kislorodning yarmidan c)o’zlari ajratgan kislorodning bir qismidan d)o’simliklar kislorodni qabul qiladi va uni barg eti hujayralari orqali karbonat angidrid gaziga aylantirib chiqarishadi

26.Qanday jarayon tufayli ildizlar orqali suv va mineral tuzlarning so’rilishi tezlashadi

a)fotosintez b)suv bug’latish c)nafas olish d)ildizning bo’linuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari hosil bo’lganda

27.Qanday jarayon tufayli o’simlik organlari qizib ketishdan saqlaydi

a)fotosintez b)suv bug’latish c)nafas olish d)a va b javoblar

28.Issiq va quruq sharoitda o’sadigan o’simliklar suvni qnday miqdorda bug’latishadi

a)juda ko’p b)o’sish sharoitiga qarab turlicha c)nisbatan kam d)suvni qanday bug’latishi yozning quruq yoki seryog’in kelishiga bog’liq

29.Qaysi cho’l o’simliklari suvni kam bug’latish uchun yoz oylarida barglarini to’kib yuboradi

a)saksovul, shuvoq b)shuvoq ,qora boyalich c)saksovul, qandim d)saksovul, qora boyalich

30.O’rta yoshli qizilmiyada yillik halqalar soni qancha bo’ladi

a)30-40 ta b)20-30 ta d)10-20 ta d)1 ta


5 sinf batanika


1.Iqlimlashtirishni botanika faning qaysi bo’limida o’rganiladi

a)Geobotanika b)Sitoembriologiya c)Introduksiya d)Paleobotanika

2.Dorivor o’simliklarni ko’rsatining

a)isiriq, zubturum, na’matak b)Isiriq, chakanda, suvqalampiri c)chakanda, isiriq, na’matak d)isiriq, chakanda, zubturum

3.O’zbekiston respublikasi qizil kitobiga kiritilgan o’simliklarni ko’rsating

a)Shirach, sebarga b)Sallagul, jumagul c)Xolmon, achambiti d)Achambiti, qurttana

4.Gulli o’simlik deb nimaga aytiladi

a)Gullari turlicha shakil va rangli gulqo’rg’on uning ichida o’rnashgan changchi hamda urug’iga ega bo’lgan, changlangandan so’ng meva hosil qiladigan o’simliklar b) Gullari turlicha shakil va rangli gulqo’rg’on uning ichida o’rnashgan changchi hamda urug’iga ega bo’lgan, urug’langandan so’ng meva hosil qiladigan o’simliklar c) Gullari turlicha shakil va rangli gulqo’rg’on uning ichida o’rnashgan changchi hamda urug’iga ega bo’lgan, changlangandan so’ng urug’ hosil qiladigan o’simliklar d) Gullari turlicha shakil va rangli gulqo’rg’on uning ichida o’rnashgan changchi hamda urug’iga ega bo’lgan, urug’langandan so’ng urug’ hosil qiladigan o’simliklar

5.O’simliklarda belgilarning irsiylanishi natijasida nima paydo bo’ladi

a)Yangi turlar,turkumlar b)yangi turkumlar, oilalar c)yangi turlar, turkumlar, oilalar d)yangi turkumlar, oilalar, sinflar

6.Gulli o’simliklar qachon paydo bo’lgan

a)40 million yillar ilgari ochiq urug’lilardan b)130 million yillar ilgari urug’li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib qolgan vakillaridan c)40 million yillar ilgari qirqquloqlardan d) 40 million yillar ilgari urug’li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib qolgan vakillaridan

7. Baobab daraxti necha yil umr ko’radi (a) va qayerda o’sadi (b)

1.afrika 2.avstraliya 3.kanar orollari 4.4000-6000 5.5000-6000 6.4000-5000

a)a.1 b.6 b)a.4 b.2 c)a.5 b.6 d)a.6 b.1

8.Archa va sarv qancha umr ko’radi

a)1000 b)800 c)2000 d)70-100

9.Bir xil turga kiruvchi daraxtlarda tog’ning qaysi qismida o’sadiganlarining shox-shabbsining ko’p, keng va baland bo’ladi.

a)shimoliy qismida b)janubiy qismida c)g’arbiy qismida d)sharqiy qismida

10.Butalar ayniqsa qayerda keng tarqalgan

a)Tog’ yonbag’rida b)Adirda c)Jazirama cho’llarda d)Qumliklarda

11.Madaniy butalarni ko’rsating

a)uchqat, qoraqat b)bodom, zirk c)na’matak, nastarin d)ligustrum, nastarin

12.Yovvoyi butalar keltirilmagan qatorni toping

a)uchqat, qoraqat b)bodom, zirk c)na’matak, nastarin d)ligustrum, nastarin

13.Ko’p yillik o’tlarni ko’rsating

a)sigirquyruq, shashir b)momaqaldirmoq, gulsafsar c)iloq, andiz d)izen, beda

14.Ikki yillik o’tlarni ko’rsating

a)lavlagi, piyoz b)sigirquyruq, gulsafsar c)qo’ytikan, sabzi d)karam, sholg’om

15.Bir yillik madaniy bo’lmagan o’simliklarni ko’rsating

a)qalampir, yer yong’oq b)oq sho’ra, jag’-jag’ c)rayhon, yalpiz d)qovun, tarvuz

16.Qishloq xo’jaligida o’stiriladigan madaniy o’simliklarning juda ko’pchiligini qanday hayotiy shakildagi o’simliklar tashkil etadi

a)ko’p yillik o’tlar b)ikki yillik o’tlar c)bir yillik o’tlar d)daraxtlar

17.Bo’yi 1 m ga yetadigan va hatto undan ham oshadigan o’simliklarni ko’rsating

a)kanop, kungaboqar b)kungaboqar, kanakunjut c)makkajuxori, kanop d)qo’ytikan, momaqaldirmoq

18.Kuz oylarida ham gullayveradigan dorivor o’simlikni ko’rsating

a)qoqio’t, qo’ypechak b)zubturum, sachratqi c)qo’ypechak, zubturum d)qo’ytikan, zubturum

19.Kuz oylarida ham gullayveradigan yovvoyi bo’lmagan o’simliklarni ko’rsating

a)atirgul, nastarin b)atirgul, na’matak c)xrizantema, kartoshka d)atirgul, xrizantema

20.Qaysi o’simliklarning bargi uzoq vaqtgacha yashil ragni saqlaydi

a)na’matak, atirgul b)ligustrum, atirgul c)shamshod, ligusrtum d)atirgul, shamshod

21.Nimaning yetishmasligi tufayli o’simliklar hujayrasida jiddiy fiziologik jarayon sodir bo’ladi

a)namlik b)o’g’it c)yorug’lik va harorat d)a va b javob

22.Qaysi o’simliklarning bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o’sishda davom etaveradi

a)bug’doy, arpa sholi b)qoqio’t, jag’-jag’, gulxayri c)jag’-jag’, arpa,qurttana d)qurttana, gulxayri, sabzi

23.Yashab yetmish yeti kun, kiyar yetmish-yetti to’n. Kuzda uzib olinar, ovqatlarga solinar bu o’simlikning hayotiy shaklini aniqlang

a)ko’p yillik o’tlar b)ikki yillik o’tlar c)bir yillik o’tlar d)daraxt

24.O’simliklarning (1)urug’langandan keyin hosil bo’ladigan organi (2)o’simlikning yopiq urug’lilarga xos organ

a.poya b.novda c.meva d.gul e.barg f.ildiz

a)1.c 2.d b)1.d 2.c c)1.c 2.e d)1.d 2.e

5 sinf batanika

1.Hayatning asosi nima

a)hujayra b)to’qima c)odam d)barcha tirik organizmlar

2.Hayotning qaysi tuzilish darajasida yuz beradigan hayotiy jarayonlar yagona qonunga muvofiq amalga oshadi

a)hujayra b)to’qima c)organ d)organoid

3.Hujayralar o’simlikning qaysi ordanida joylashishiga qarab bir biridan qanday farq qiladi

1.shakli 2.rangi 3.yirik-maydaligi 4.yoshi 5.yashash sharoiti 6.ichki tuzilishi 7.funksiyasi

a)1.2.3 b)1.2.3.4.5 c)1.2.3.6.7 d)1.2.3.4.5

4.Bitta hujayra qaysi o’simliklarda bo’ladi

a)ba’zi bir tuban o’simliklarda b)yuksak o’simliklarda c)gulli o’simliklarda d)hasharotxo’r o’simliklarda

5.Lupa buyumlarni qancha kattalashtirib ko’rsatadi

a)3-4 marta b)3-5 marta c)10-25 marta d)10-40 marta

14.Yorug’lik mikroskopi stol chekkasidan qancha ichkariga qo’yiladi

a)2-3 sm b)3-4 sm c)0.5-1 sm d)4-6 sm

15.Mikroskopning kichik obektivini buyum stolchasining teshigi ro’parasiga keltirib qancha balandlikda tutiladi

a)2-3 sm b)3-4 sm c)0.5-1 sm d)4-6 mm

16.Obektiv preparatdan qancha balandda bo’ishi kerak

a)2-3 sm b)3-4 sm c)0.5-1 sm d)4-6 mm

17.Mikroskopda preparatning aniq tasviri ko’ringach nima qilinadi

a)dastlab kichik obektivda ko’zatiladi b)dastlab katta obektivda ko’zatiladi c)obektivni tushirish yoki ko’tarish to’xtatiladi d)Obektiv bir tekis, tiniq va to’la yoritilishi kerak

18.Hujayraning tirik qismini aniqlang

a)qobiq, sitoplazma b)qobiq, mag’iz c)sitoplazma, mag’iz d)qobiq, sitoplazma, mag’iz

21.Hujayraning eng muhum tarkibiy qismi nima

a)qobiq b)sitoplazma c)mag’iz d)vakuol

22.Hujayraning asosiy tarkibiy qismi nima

a)qobiq b)sitoplazma c)mag’iz d)vakuol

26.Mag’izning shakli va hajmi hujayraning nimasiga qarab har xil bo’ladi

1.shakli 2.rangi 3.yirik-maydaligi 4.yoshi 5.yashash sharoiti 6.ichki tuzilishi 7.funksiyasi

a)1.2.3.6.7 b)3.4.5 c)1.2.3.4.5 d)1.2.3

29.Faqat o’simliklar uchun xos bo’lgan hujayraning tarkibiy qismini toping

a)qobiq b)mag’iz c)plastida d)vakuol

33.Hujayraning qaysi tarkibiy qismi har xil shakilda bo’ladi

a)qobiq b)mag’iz c)plastida d)vakuol

38.O’simlikda ucharaydigan hujayralarning shaklini toping

1.ovalsimon 2.yumaloq 3.ko’p burchakli 4.naysimon 5.to’g’ri to’rtburchakli 6.tuksimon 7.vergulsimon 8.ko’p qirrali 9.cho’ziq

a)1.2.3.4.5.6.7.8 b)2.3.4.5.6.7.8.9 c)1.2.3.4.5.6.8.9 d)3.4.5.6.7.8.9

39.Piyoz po’sti hujayralarining tuzilishini aniqlang

1.cho’ziq 2.yumaloq 3.zichroq 4.tarqoq 5.rangsiz

a)1.4.5 b)2.4.5 c)2.3.5 d)1.3.5

42.Nima sababdan bu o’simlik hujayrasida sitoplazmaning harakatini ko’zatish mumkin

a)bargi bir qavat hujayradan tashkil topganligi uchun b)suvda o’sganligi uchun c)tuban o’simlik bo’lganligi uchun d)a va b javob

43.Sitoplazma qanday yo’nalishda harakat qiladi

a)to’g’ri va teskari yo’nalishda b)bir vaqtning o’zida ikki yo’nalishda c)bir yo’nalishda d)soat strelkasiga teskari yo’nalishda

44.Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri nima

a)oziqlanishi, ajratishi b)o’sishi va bo’linishi c)nafas olishi d)tashqi muhitning o’zgarishini sezadi

45.Hujayralarning qobig’i yoshiga qarab qanday o’zgaradi

a)yo’pqalashadi b)qalinlashadi c)o’zgarmaydi d)mag’iz sitoplazmaga qaraganda ko’proq joy egallaydi

47.O’zbekistondagi salobatli daraxtlarni ko’rsating

1.archa 2.yong’oq 3.chinor 4.terak 5.tol

a)1.2.3 b)2.3.4 c)3.4.5 d)4.5.1

48.Hujayralar bo’linish yo’li bilan ko’payadi, lekin barcha hujayralar ham bo’linavermaydi. Faqat qanday hujayralar bo’linib ko’payadi

a)ona hujayralar b)qiz hujayralar c)o’sish nuqtasidagi hujayralar d)yosh hujayralar

52.Faqat o’simliklarda uchraydigan to’qimani ko’rsating

a)asosiy b)mexanik c)hosil qiluvchi d)jamg’aruvchi

53.Asosiy to’qimaning hujayralariga xos xususiyatni toping

a)bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat b)yupqa va elastic xususiyatga ega c)tirik, bir-biri biloan zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tuzilgan d)qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayradan iborat

54.Hosil qiluvchi to’qimaning hujayralariga xos xususiyatni toping

a)bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat b)yupqa va elastic xususiyatga ega c)tirik, bir-biri biloan zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tuzilgan d)qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayradan iborat

55.Hosil qiluvchi to’qima necha xilga ajraladi

a)2 xil b)3 xil c)4 xil d)5 xil

56.O’simlik nimaning hisobiga eniga o’sadi

a)Halqa shaklida yog’ochlik va lub orasida o’rnashgan kambiy to’qima hisobiga b)yog’ochlik to’qimasi hisobiga c)o’zak to’qimalarining o’zluksiz bo’linib ko’payishi hisobiga d)poyalarning va ildizning po’stloq va yog’ochlik tolalari kiradi

57.Asosiy to’qimaning eng muhim vazifasi

a)suv va havoni jamg’arish b)fotosintez jarayonini amalga oshirish c)o’simlikni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish d)suv va gazlarni o’tkazmaslik

58.Asosiy to’qima qayerda uchraydi

a)yashil barglarda, yosh novdalarda b)ba’zan gul va mevalarda c)havo ildizlarida epidermaning ostidagi etli qavatida d)a, b, c javoblar

59.Jamg’aruvchi to’qimada qanday moddalar to’planadi

a)oqsil, moy, shakar b)oqsil, kraxmal, yog’ c)mineral tuzlar d)makro va mikroelementlar

60.Jamg’aruvchi to’qima qanday hujayralardan tashkil topgan

a)tirik parenxima b)tirik kollenxima c)o’lik sklerenxima d)bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat

61.Jamg’aruvchi to’qimaga nimalar kiradi

a)gul, meva, urug’ b)ildiz,piyoz,poya c)urug’, meva, ildizmeva d)tugunak, gul, meva

62.Bug’doy, suli, arpa, loviya, mosh, no’xat urug’ida kraxmal va oqsillar qanday ko’rinishda saqlanadi

a)qattiq donchalar b)erigan holda c)suyuq holatda d)to’g’ri javob yo’q

63.Lavlagi, sabzi, uzum, qovun, tarvuzning mevasida shaker moddalar qanday ko’rinishda saqlanadi

a)qattiq donchalar b)erigan holda c)suyuq holatda d)to’g’ri javob yo’q

64.Qoplovchi to’qima chiqib kelishiga qarab nechiga bo’linadi

a)2 ga b)3 ga c)4 ga d)5 ga

65.Epidermaga xos xususiyatni ko’rsating

a)bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat b)yupqa va elastic xususiyatga ega c)tirik, bir-biri biloan zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tuzilgan d)qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayradan iborat

66.Epidermaning vazifasi

a)o’simlikni tashqi muhit bilan bog’lab turuvchi og’izchalari bor b)fotosintez jarayonini amalga oshirish c)o’simlikni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish d)suv va gazlarni o’tkazmaslik

67.Po’kak to’qimasi qanday hujayralardan iborat

a)tashqi qavati o’lik hujayralardan iborat b)yupqa va elastic xususiyatga ega c)tirik, bir-biri biloan zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tuzilgan d)qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayradan iborat

68.Po’kak qobig’iga shimilgan moddaning vazifasi nima

a)suv va havoni jamg’arish b)fotosintez jarayonini amalga oshirish c)o’simlikni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish d)suv va gazlarni o’tkazmaslik

69.Po’kak to’qimasi qobig’iga qanday moddani shimigan

a)kraxmal b)klechatka c)suberin d)moysimon suyuqlik

70.Po’kakning asosiy vazifasi nima

a)suv va havoni jamg’arish b)fotosintez jarayonini amalga oshirish c)o’simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug’diruvchi turli mikroorganizmlardan saqlash d)oziq moddalarni harakatlantirish

71.Qaysi to’qimalar tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan

a)hosil qiluvchi, asosiy b)asosiy, jamg’aruvchi c)jamg’aruvchi, qoplovchi d)qoplovchi, mexanik

72.Po’stloqning sirti yorilgan va g’adir-budur bo’ladi. uning vazifasi nima

a)suv va havoni jamg’arish b)fotosintez jarayonini amalga oshirish c)o’simlikni turli tashqi ta’sirlardan himoya qilish d)suv va gazlarni o’tkazmaslik

73.Mexanik to’qima qanday hujayralardan tashkil topgan

a)tirik parenxima b)qalin qobiqli cho’ziq tirik kollenxima va o’lik sklerenxima c)bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat d)tik joylashgan qalin qobiqli cho’ziq, o’lik va tirik cho’ziq hujayralardan tashkil topgan

74.Mexanik to’qimaga nima kiradi

a)poyalarning va ildizning po’stloq va yog’ochlik tolalari b)gul va mevalardagi yupqa qavatli epiderma c)halqa shaklida yog’ochlik va lub orasida o’rnashgan kambiy to’qima d)mexanik to’qima o’simlikning tana va eski shoxlari kiradi

75.O’tkazuvchi to’qima orqali moddalar necha xil yo’nalishda harakatlanadi

a)1 xil b)2 xil c)3 xil d)bir necha xil

76.O’tkazuvchi to’qomada joylashgan naylar orqali nima harakatlanadi

a)suv va organik moddalar b) faqat suv c)suv va unda erigan mineral moddalar d)organik moddalar

77.Elaksimon naylar orqali ildiz, ildizmeva, tugunak va o’simlikning boshqa organlariga nima o’tadi

a)suv va organik moddalar b) faqat suv c)suv va unda erigan mineral moddalar d)organik moddalar

78.O’simliklarning (a)generativ va (b)vegetativ organlariga nimalar kiradi

1.urug’ 2.ilgiz 3.meva 4.poya 5.barg 6.gul

a)a.3.4.5 b.1.2.6 b)a.2.4.5 b.1.3.6 c)a.6.1.3 b.5.2.4 d)a.1.2.6 b.5.4.3

79.O’simlik organlari birgalikda nimani tashkil etadi

a)hujayra b)to’qima c)organizm d)organoidlarni

80.O’simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi uning bir qismiga nima deyiladi

a)hujayra b)to’qima c)organ d)organizm




Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling