5-sinf Egalik qo’shimchalarining qo’llanilishi. Darsning maqsadi
Download 17.04 Kb.
|
Dars ishlanma 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning turi
- -im, -ing, -i; -imiz, -ingiz, -lari;
5-sinf Egalik qo’shimchalarining qo’llanilishi. Darsning maqsadi: a)o’quvchilarga egalik qo’shmichalari olgan otlar imolasini o’rgatish.Ularning lug’atini poy,xok,suruv so’zlari bilan boyitish; b)o’quvchilarni kattalarga hurmat,kichiklarga izzat ko’rsatish ruhida tarbiyalash.Ularni mehnatsevarlik,o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: muammoli metod. Darsning jihozlari: narsa rasmlari. Darsning borishi: 1. O’tilgan mavzu—otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi yuzasidan o’quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi.Uyga berilgan mashq o’qitiladi. 2. Lug’at diktant. O’qituvchi ot so’z turkumidagi so’zlarni o’qiydi. Rahbar,bahor,adob,tartib,sovg’a,parta. — So’zlarga I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini qo’shilib yozadilar. (Rahbarim,bahorim,…) Rahbarim so’ziga qanday qo’shimchalar qo’shilgan? (-im qo’shimchasi qo’shilgan.) Sovg’am so’ziga-chi? (-m qo’shimchasi qo’shilgan.) O’ylang.Nima uchun rahbar so’ziga –im sovg’a so’ziga –m qo’shimchasi qo’shilgan? (Chunki rahbar so’zi undosh tovush bilan tugagan,sov’ga so’zi unli tovush bilan tugagan.) Undosh bilan tugagan so’zlarda egalik qo’shimchasi –im,unli tovush bilan tugagan so’zlarda egalik qo’shiladi. Bu so’zlarga II va III shaxs egalik qo’shimchasini qo’shib,farqini aytadilar. 3.Mavzu bayoni. Yuqoridagi so’zlarga egalik qo’shimchalarini qo’shib bildikki,egalik qo’shimchalari undosh tovushlardan so’ng: -im, -ing, -i; -imiz, -ingiz, -lari; unli tovushlardan so’ng: -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -lari shaklida qo’shiladi. 4.Darslik bilan ishlash. 1-mashq.O’quvchilar she’rni nuqtalar o’rniga mos egalik qo’shimchalarini qo’yib,ifodali o’qiydilar.Husnixat bilan yozadilar.So’roqlar yordamida otlarni aniqlaydilar.Egalik qo’shimchalarini olgan otlarni qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlab ,ustiga yozdilar,Namuna. Barmoqchalari(III sh.),bayroqchlaring (II sh.) She’rdagi jajji,ovunchoq so’zlarining aytilishi va yozilishidagi tarzida yoziladi.. Ovunchoq tarzida u tovushi o’rniga i aytilsa ham,uvunchoq deb yoziladi. Jajji so’ziga ma’nodosh so’z topiladi. Jajji-kichkina,mitti 162-,163- mashiqlar bajariladi. 5.Uyga 2-mashq beriladi. 6.Lug’at ishi. poy — (oyoq tojikcha so’z); xok-tuproq,loy. suruv — qo’yilarning podasi. Mashq sharti mustaqil ravishda bajartriladi. O’quvchilar so’roqlar yordamida otlarni aniqlab,egalik qo’shimchalarning tagiga chiziadilar.Qavs ichida shaxsini yozadilar. Download 17.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling