Quyidagi algoritm qaysi turdagi algoritmga misol bo’ladi va bu algoritm natijasi nima bo’ladi?
Takrorlanuvchi algoritmga misol bo’ladi va 1dan 1000 gacha bo’lgan sonlarning yig’indisini hisoblaydi
Odatda takrorlanuvchi algoritmlarda ishtirok etuvchi “I:=I+1” ifoda qanday ataladi?
Sanagich(счётчик) deb ataladi
Dasturlash deb nimaga aytiladi?
Dastur tuzish jarayoniga dasturlash deyiladi
Dastur tuzuvchi shaxs qanday ataladi?
Dasturchi deyiladi
Dasturlash tillarini qanday guruhlarga ajratadi?
3-guruhga : a) quyi darajali b) o’rta darajadagi c) yuqori darajadagi dasturlash tillari
Daslabki elektron hisoblash mashinalari –ENIAC,MESMlar uchun dasturlar qaysiguruh tillaridan foydalanilgan ?
Quyi darajadagi dasaturlash tillaridan
Perfokartalarga kim va qachon asos solgan?
Josef Mori Jakkard 1804-yilda
Dasturlash tiliga kim asos solgan ?
Ogasta Ada Bayron(Lavleys)
O’rta darajadagi dasturlash tillari qanday atalgan?
Assemblerlar
O’rta darajadagi dasturlash tillariga qaysi dasturlash tillari kirgan va ular qaysi EHMlarda qo’llanilgan?
Avtokod-Bemsh,Avtokod-Madlen tillari BESM-6,MINSK-22 ,MINSK-32 ,IBM-360 ,EHMlarida qo’llanilgan
Yuqori darajadagi dasturlash tillarida tuzilgaan dasturlarni komp’yuter tushunadigan tilga o’tkazib beruvchi dastur qanday nomlanadi?
Translyator
Paskal(Pascal) dasturlash tili qachon va kim tomonidan ishlab chiqilgan?
1969yilda Nikolas Virt tomonidan
Paskal tilida yozilgan dastur matni qanday kengaytma bilan saqlanadi?
.pas kengaytmasi bilan
Paskal tilida dastur ishlaganda qiymati o’zgarmaydigan miqdorlar qanday ataladi?
Konstantalar deb ataladi
Paskal tilida dastur ishlaganda qiymati o’zgaradigan miqdorlar qanday ataladi?
O’zgaruvchilar deb ataladi
Dasturlash tillarining tugallangan biror amalini berish uchun mo’ljallanga ko’rsarmalar qanday ataladi?
Operator deb ataladi
Do'stlaringiz bilan baham: |