9-SINF INFORMATIKA
Masalalarni kompyuterda yechish qanday bosqichlardan iborat bo’ladi?
6bosqichdan:1.Masalning qo’yilishi.Masalaga mos boshlang’ich kattaliklar va natijaviy kattaliklar aniqlanadi.
2.Masalaning modelini tuzish.Masala korilayotgan sohaning ilmiy yutuqlaridan kelib chiqib, formulalar orqali ifodalanadi.
3.Algoritm tuzish. Masalaning modelidan foydalanib hal etishning ketma-ketligi tuziladi.
4.Dastur tuzish. Algoritmdagi ko’rsatmalar ketma-ketligini kompyuter tushunadigan tilga o’tkazish.
5.Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish. Tuzilgan dastur kompyuter xotirasiga kiritiladi.
6.Natija olish va tahlil qilish.Dastur ishlatiladi va natijasi tahlil qilingach,xato va kamchiliklar bartaraf etiladi.
Masalalarni kompyuterda yechish jarayonida bizni qiziqtirayotgan va o’rganilayotgannarsa yoki jarayon……deyiladi?
Obyekt.
Model nima?
Model-haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan nusxasidir.
Model so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Model –lotincha “o’lchov”,”me’yor” degan ma’nolarni bildiradi.
Modellarning qanday turlari mavjud?
3turi mavjud. a)abstrakt model; b)fizik model; c)biologic model;
Abstrakt modellarning qanday turlari mavjud?
2turi mavjud. a)matematik model; b) iqtisodiy-matematik model.
Matematik model de nimaga aytiladi?
O’rganilayotgan ob’ekt tasvirlarning matematik munosabatlar, belgilar va bog’lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi
Iqtisodiy-maematik modellar qaysi asrdan qo’llana boshladi?
XVIII
Qaysi turdagi modellar turli jonli ob’yektlar va ularning qismlariga xos biologik tuzilish,funksiya va jarayonlarni model lashtirishda qo’llaniladi?
Biologik modellar
Qaysi turdagi modellarda ob’yektning tabiyativa tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo’ladi lekin undan miqdori,o’lchami jihatidan farq qiladi?
Fizik modellarda
Algoritm nima?
Algoritm-biror maqsadga erishishga yo’naltirilgan va ijrochi bajarish uchun mo’ljallangan buyruqlar ketma—ketligi
Do'stlaringiz bilan baham: |