Informatika bu- …?
Komp’yuter texnikasini qo’llashga asoslanib faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
Informatika fani uchun asosoy ashyosi bo’lib nima xizmat qiladi?
Axborot
Informatika fani uchun asos tushuncha bo’lib nima xizmat qiladi?
Axborot
Informatikada texnik vositalar deganda nima tushuniladi?
Komp’yuterning turli qurilmalari
Komp’yuterning texnik vositalari qanday ataladi?
Hardware(qattiq mahsulot)
Komp’yuterga o’rnatilgan turli dasturlar qanday ataladi?
Software (yumshoq mahsulot)
IX-X asrlarda yashagan qaysi alloma, bilish jarayonini aqliy va hissiy bilishdan iborat ekanligini, ular o’zaro bog’liq
va biri boshqasisiz vujudga kelmasligi ta’kidlab o’tgan?
Abu Nasr Farobiy
Bilishning asosini tashkil etuvchi element?
Axborot
Farobiy o’zining qaysi asarida tabiyatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim –bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqbatni bilishga, sifat -lardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, bilimning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlagan?
“Ilm va san’atning fazilatlari”asarida
Inson axborotni o’ziga qanday qabul qiladi?
Sezgi a’zolari orqali; teri-badan sezgisi , ta’m bilish sezgisi , hid bilish sezgisi , eshitish sezgisi , ko’rish sezgisi
Axborot nazariyasi asoschilaridan biri matematik Klod Shennon axborotni axborotni qanday ta’riflagan?
Axborot bu-narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikning bartaraf etilishidir deb ta’riflagan.
Kibernetika fanining asoschisi kim?
Norbert Viner
Norbert Viner axborotni qanday ta’riflagan?
Axborot bu- bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalashdir.
Axborot nima?
Axborot –borliqdagi narsa yoki jarayonlarning holatlari,xossalari va boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarning turli vositalar va sezgi a’zolarimiz orqali bizga etib kelishi va ongimizga ta’siri hamda bu ma’lumotlarning ongimizda boshqa ma’lumotlar bilan bog’lanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |