Tashqi xotiraning qanday turlari mavjud va ular ustida qanday amallarni bajarish mumkin?
-
Tashqi xotira turi
|
Bajariladigan amallar
|
Egiluvchan magnit disk
|
Formatlash
|
Yozish
|
O’qish
|
O’chirish
|
Qattiq disk
|
Formatlash
|
Yozish
|
O’qish
|
O’chirish
|
Optik disk(CD-R,DVD-R)
|
-
|
Yozish 1-marta
|
O’qish
|
-
|
Optik disk(CD-RW,DVD-RW)
|
-
|
Yozish
|
O’qish
|
O’chirish
|
Flash-xotira va flash disk
|
Formatlash
|
Yozish
|
O’qish
|
O’chirish
|
Defragmentatsiya so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Inglizcha-parcha yoki qismlarni yig’ish ,qayta taqsimlash
Operatsion tizimlar qattiq disk va flash xotiralar bilan ishlashda qanday servis xizmatlarini taklif qiladi?
1) Diskni tozalash (keraksiz ma’lumotlarni o’chirish)
2) Diskdagi ba’zi axborotlarni arxivlash
3) Diskni defragmentatsiyalash
Birinchi grafik operatsion sistema sifatida tan olingan OS?
1995yil,Windows95
WindowsXP (eXPerience-tajriba ,sinov) operatsion sistema qachon yaratilgan?
WindowsXP OSsi 2001yilda yaratilgan
Windowsda dasturlararo malumotlar almashish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar qanday nomlanadi?
Clipboard,DDE va OLE
Piktogramma nima?
Piktogramma- ob’yektni aniqlovchi tasviri, unung yordamida ob’yektlar bilan ishlanadi
Fayl belgisi nima?
Fayl belgisi – faylni ko’rsatuvchi fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi
Yorliq nima?
Yorliq- istalgan katalogga joylashtirish mumkin bo’lgan fayl va papkaga tez murojaat qilish uchun foydalaniladigan
belgi turi bo’lib, ular biror ob’yektni ishga tushiradi va qanday ob’yekt ekanligini ifodalaydi
Papka oynasi nima?
Ochlgan papkaning ko’rinishi
Masalalar paneli(Панель задач) nima?
Ish stolining quyi qismida joylashgan panel bo’lib ,u asosan joriy vaqtda ishlayotgan dasturlar haqida ma’lumot berish
va ularni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Masalalar paneli(Панель задач) da qanday ob’yektlar joylashadi?
Panelning chap tomonida Пуск tugmasi, keyin esa tezda ishga tushuriladigan dasturning piktogrammalari joylashadi. Ong tomonida esa komp’yuter ishga tushganidan boshlab ishlay boshlaydigan va asosan turli xizmat ko’rsatuvchi dasturlarning piktogrammalari (masalan : Kasperskiy antivirusi) joylashgan bo’ladi
Windows bosh menyusi qanday ishga tushiriladi?
Пуск tugmasini bosish orqali (bu tugma Start,ya’ni Bashlash deb ham ataladi). Bosh menyuda Windowsda ishlash bilan bog’liq bolgan barcha imkoniyatlar mujassamlashgan.
Yo’l boshlovchi(Проводник) nima?
Yo’l boshlovchi(Проводник)-operatsion sistemaning fayl tuzilishi ko’rib chiqish, fallar,disklar va tarmoqlar ulanishi boshqarish vositasi (Проводник- Windows tarkibidagi qobiq dastur)
Do'stlaringiz bilan baham: |