Algoritmda ko’rsatilgan buyruq yoki ko’rsatmalar bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema qanday nomlanadi?
Algoritm ijrochisi
Ijrochi bajara olishi mumkn bo’lgan ko’rsatma yoki buyruqlar to’plami nima deb ataladi?
Ijrochining ko’satmalar sistemasi(IKS)
Algoritm qanday asosiy xossalarga ega?
5-ta asosiy xossalarga ega:
Tushunarlilik- algoritm ijrochi uchun tushunarli bolishi kerak, algoritm tuzishda ijrochining imkoniyatlarini hisobga olish lozim
Aniqlik- algoritmdagi barcha amallar, ko’rsatmalar yoki buyruqlar bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak
Diskretlilik(uzliilik,alohidalk)- Algoritmda masalani yechish jarayoni alohida olingan sodda ko’rsatmalar ketme-ketligini
qadamma-qadam bajarishdaniborat bo’lishi kerak
Natijaviylik(cheklilik)- Har qanday algoritm ijrosi chekli qadamdan so’ng oxir-oqibat ma’lum bir yechumga olib kelish kerak
Ommaviylik- masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun tuziladi
Algoritmlarni tasvirlashning qanday usullari mavjud?
Algoritmni so’zlar yordamida ifodalash
Algoritmni formulalar yordamida ifodalash
Algoritmni jadval yordamida ifodalash
Algoritmni grafik shaklida ifodalash
Algoritmni dastur shaklida ifodalash
Algoritmlarni tasvirlashning qaysi usulida ijrochi uchun ko’satma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi?
Algoritmni so’zlar yordamida ifodalashda
Algoritmni blok-sxema yordamida tasvirlash algoritmlarni tashvirlashning qanday usuliga taaluqli?
Algoritmni grafik shaklida ifodalash
Algoritmni komp’yuter tushunadigan tilda yozish … deyiladi?
Dastur
Algoritmlar bajarish tarkibiga ko’ra qanday turlarga ajraladi?
3-turga: a)chiziqli b) tarmoqlovchi c) takrorlanuvchi
Barcha ko’rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar qanday algoritmlar deyiladi?
Chiziqli algoritmlar deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |