5 –sinf savol javob


Qirqquloq qanday o`simlik?:-patsimon uzun poyada ko‘plab barglari joylashgan, ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik. 229


Download 90.1 Kb.
bet20/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

228.Qirqquloq qanday o`simlik?:-patsimon uzun poyada ko‘plab barglari joylashgan, ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik.
229. Qirqquloq o`simligini soruslari qachon, qayerda hosil bo`ladi va qanday rangi bo`ladi hamda unda nima yetiladi?:-Yoz oylarida barg ostida qo‘ng‘ir bo‘rtma – sorus hosil qiladi. Soruslarda sporalar yetiladi.
230.Qadimda nima uchun daraxtsimon qirqquloqlar uchragan va ularning bo`yi qanchagacha bo`lgan?:-qadimda iqlim issiq va nam bo‘lgan sharoitda daraxtsimon qirqquloqlar uchragan. Ularning uzunligi 20–25 metrgacha yetgan.
231.Daraxtsimon qiriquloqlar qanday qilib toshko`mir qatlamlarini hosil qilgan?:-Iqlimning keskin o‘zgarishi natijasida daraxtsimon qirqquloqlar nobud bo‘lib, keyinchalik toshko‘mir qatlamlarini hosil qilgan.
232.Hozirda qirqquloqlar asosan qanday hayotiy shakl ko`rinishda uchraydi va qanday axamiyatga ega?:- ko‘p yillik o‘t ko‘rinishida uchraydi. Xona o‘simligi va manzarali o‘simlik sifatida ekiladi.
233.Ayrim qirqquloqlardan nima maqsadlarda foydalaniladi?-tabobatda gijjaga qarshi kurashishda foydalaniladi.
234.O‘simliklar nimalari orqali ko`payadi va tarqaladi?- sporali o‘simliklarda spora orqali, urug‘li o‘simliklarda esa urug‘ orqali amalga oshadi.
235.Urug‘li o‘simliklar qanday bo`limlarni o`z ichiga oladi?-ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limini o‘z ichiga oladi. 236.Ochiq urug‘li o‘simliklarga qaysi o`simliklar misol bo`ladi?- archa, qarag‘ay, qoraqarag‘ay, sarv ,sekvoyadendron.
237.Ochiq urug`lilarning urig`I qayerda qanday xolatda yetiladi?- ularning urug‘i qubbada ochiq holda yetiladi.
238.Ochiq urug‘li o‘simliklarning tuxum va chang donalari qayerda yetiladi?- urug‘chi qubbada tuxum hujayra, changchi qubbada chang donachasi yetiladi.
239. Ochiq urug`lilarni chang donachasi shamol yordamida tarqalgani uchun urug‘lanish jarayonida nima shart emas?- suv ishtirok etishi shart emas.
240.Urug`li o`simliklar qanday qilib suv kam sharoitda o`sishga moslashgan?- Ochiq urug`lilarni chang donachasi shamol yordamida tarqalgani uchun urug‘lanish jarayonida suv ishtirok etishi shart emasligi urug‘li o‘simliklarni suv kam sharoitda yashashga moslashtirgan.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling