445.paleontolog – qadimda mavjud bo‘lgan organizmlarni o‘rganuvchi olim;
446.plastida – o‘simlik hujayrasida uchraydigan organoid. 3 xil bo‘ladi: xloroplast, xromoplast va leykoplast;
447.produtsent – organik modda hosil qiluvchilar, yashil o‘simliklar kiradi;
448.prokariotlar – (yunoncha protos – gacha, karion – yadro degan ma’noni anglatadi) yadrosi shakllanmagan organizmlar. Ularga 449.bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi;
450.qattana yoki tallom – tuban o‘simliklarning organlarga bo‘linmagan tanasi;
451.qubba – ochiq urug‘li o‘simliklarning «meva»si;
452.redutsentlar – organik moddalarni mineral moddalargacha parchalovchilar bo‘lib, ularga bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi; 453.regeneratsiya – tirik organizmlarning shikastlangan qismining tiklanishi;
454.rizoid – (yunoncha ildizga o‘xshash degan ma’noni anglatadi) tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o‘xshaydi;
455.sellyuloza qobiq – o‘simlik hujayrasining pishiq, mustahkam qobig‘i;
456.simbioz – bir-biriga yordam berib, hamkorlikda yashash. Masalan, tugunak bakteriya va dukkakli o‘simliklarning foydali hamkorligi;
457.spora – zamburug‘, o‘simliklarning ko‘payishi va tarqalishini;bakteriyalarning noqulay sharoitda yashab qolishini ta’minlaydi; vakuola – lotincha bo‘shliq degan ma’noni anglatadi;
458.virus – lotincha so‘z bo‘lib, zahar degan ma’noni anglatadi;
459.xitin – suvda erimaydigan modda bo‘g‘imoyoqlilarda tashqi tayanch vazifasini bajaradi;
460.xromatofor – (yunoncha xromo – rang, foros – tashuvchi) suvo‘tlarining pigment saqlovchi qismi;
461.zoospora – (zoo – hayvon) hayvonga o‘xshab faol harakatlanadigan xivchinli spora.
Do'stlaringiz bilan baham: |