5 –sinf savol javob


Muhofaza qilinadigan hududlarga nimalar kiradi--- qo‘riqxona, buyurtmaxona, milliy bog‘ va tabiat yodgorliklari kiradi. 407


Download 90.1 Kb.
bet36/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

406.Muhofaza qilinadigan hududlarga nimalar kiradi--- qo‘riqxona, buyurtmaxona, milliy bog‘ va tabiat yodgorliklari kiradi.
407.Qo‘riqxona qanday xudud va u yerda nimalar taqiqlanadi-----odamning xo‘jalik faoliyati cheklangan hudud. Bu yerdagi tabiiy muhit qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanadi. Bu hududda mol boqish, mevalarni terish, hayvonlarni ovlash qat’iyan taqiqlangan.
408.O‘zbekistonda qanday qo‘riqxonalar mavjud-----1.Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi. 2. Nurota tog‘-yong‘oq davlat qo‘riqxonasi. 3. Zomin davlat qo‘riqxonasi. 4. Zarafshon davlat qo‘riqxonasi. 5. Surxon davlat qo‘riqxonasi. 6. Hisor davlat qo‘riqxonasi. 7. Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi. 8. Qizilqum davlat qo‘riqxonasi.
409. Buyurtmaxonalarni qo‘riqxonadan nima farqi bor-----Ma’lum davrlarda hayvonlarni ovlashga ruxsat beriladi; o‘simliklar buyurtma asosida ko‘paytirilib, obodonlashtirish uchun tarqatiladi (masalan, archa, qarag‘ayning ko‘chatlarini yetishtirish, mo‘ynasi uchun ondatrani ko‘paytirish).
410. Milliy bog‘lar qanday hudud hisoblanadi----odamlarning madaniy hordiq chiqarishi, estetik zavq olishi uchun ajratilgan hudud.
411.Milliy bog`larda qanday ishlarni amalga oshirish mumkin va mumkin emas------ o‘simliklarga chiroyli shakl berish, manzarali gullarni ekish, parvarishlash mumkin. Lekin gullarni payhon qilish, uzib olish, atrofni ifloslantirish mumkin emas.
412.Tabiat yodgorliklariga nimalar misol bo`ladi----- jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor joylar: g‘orlar, sharsharalar, g‘aroyib shaklli qoyatoshlar, daralar, buloqlar, yer yuzasining ochilib qolgan joylari va katta yoshli ulkan daraxtlar, toshga aylangan o‘simlik, hayvonlar kiradi. Ularning ayrimlaridan turli davrlarga mansub osori atiqalar, toshga o‘yib chizilgan rasmlar, tosh haykallar va qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh g‘ori, ibtidoiy odamlar yashagan Obirahmat g‘ori, Xo‘jakentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir. «Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlar.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling