5 –sinf savol javob
Baliqlar sinfiga qaysi baliqlar misol bo`ladi------a–zog‘ora baliq, b–qilquyruq, c–manta kiradi. 348
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
347.Baliqlar sinfiga qaysi baliqlar misol bo`ladi------a–zog‘ora baliq, b–qilquyruq, c–manta kiradi.
348.Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfga qaysi hayonlar misol bo`ladi: a–qurbaqa, b–salamandra, c–triton. 349.Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi vakillariga xos xususiyatlar------- suv yaqinida yashaydi. Teri va o‘pkasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga qo‘yadi. Shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi. 350.Sudralib yuruvchilar sinfi – asosan qayerlarda keng tarqalgan------o‘rta osiyo cho‘llarida keng tarqalgan. 351. Sudralib yuruvchilar sinfiga xos bo`lganxususiyatlar------tanasi muguz tangacha bilan qoplangan. O‘pkasi katakchalarga bo‘lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Tuxumini quruqlikka qo‘yadi. Tuxumi qattiq po‘choq bilan himoyalangan, sariqlikka boy bo`ladi. 352.Sudralib yuruvchilar sinfiga qaysi organizmlar misol bo`ladi-----a–kaltakesak, b–ilon, c–timsoh kabilar kiradi. 353.Qushlar sinfiga xos bo`lgan xususiyatlar------ havoda uchishga moslashgan. Tanasi pat bilan qoplangan. Havo xaltachalari o‘pkaga ulangan bo‘lib, bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvonlar. Tana harorati o‘zgarmas bo‘ladi. Oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Tuxumini bosib yotadi. 354.Sutemizuvchilar sinfiga xos bo`lgan xususiyatlar----- bolasini sut bilan boqadi. Tanasi jun bilan qoplangan. O‘pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvon. Bu sinfga hasharotxo‘r sutemizuvchilardan tortib, primatlargacha bo‘lgan hayvonlar kiradi. 355.Sutemizuvchilar sinfiga: mansub hayvonlarga misollar----- a–yo‘lbars, b–kiyik, c–ot kabilar kiradi. 356.Barcha hayvonlar qayerga moslashgan bo`ladi------yashash muhitiga moslashgan bo‘ladi. 357.Qushlar sinfiga mansub organizmlar----: a–kaptar, b–tovus, c–burgut kabilar kiradi. 358.Suvda suzishga moslashgan qushlarga xos xususiyarlar-----ularning oyoqlari suvda suzishga moslashmaganlarinikiga nisbatan tanasining orqarog`ida joylashgan bo`ladi. 359. Olcha va gilos mevasini qaysi qushlar va qaysi qismlarini is`temol qiladi------ Chumchuq mevaning etli qismini cho‘qib yeydi, danagini yutmaydi, hakka esa danagi bilan yutib yuboradi. 360.Baqaning hayot sikli qanday ketma ketlikda bo`ladi--------1– voyaga yetgan baqa; 2– baqa tuxumi; 3 – rivojlanayotgan lichinka; 4 – itbaliq; 5 – orqa oyoqlari rivojlangan itbaliq; 6 – itbaliqning baqaga aylanishi. 361.Baqaga xos bo`lgan xususiyatlar-------- suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga kiradi. Voyaga yetgan baqa pashsha, chivin, qo‘ng‘iz va o‘rgimchak bilan oziqlanadi. Ozuqasini uzun, yopishqoq tili bilan ushlab oladi. Erta bahorda baqaning erkagi qurillagan ovoz chiqaradi. Urg‘ochisi sayramaydi. Tuxumdan chiqqan baqa 3 yilda voyaga yetadi. Suvga tuxumini qo‘ygani uchun suv yaqinida yashaydi. Tuxumlari qora rangda bo‘lib, quyosh nurini yaxshi yutadi. Quyoshdagi issiqlik hisobiga hujayralari bo‘linib, embrion hosil qiladi. Embrion tuxumdagi sariqlik hisobiga oziqlanadi. Tuxumdan chiqqan itbaliq suvdagi mayda suvo‘t va bir hujayrali jonzotlarni yeydi. Itbaliq baliqlarga o‘xshab suzgichlarga ega. Suvda suzib yurib, asta-sekin o‘zgarishga uchraydi. Itbaliq dastlab orqa, keyinchalik oldingi oyoq hosil qiladi va dumini tashlab, yosh baqaga aylanadi. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling