5 –sinf savol javob
Rivojlanish jarayonida umurtqasiz hayvonlar yashash muhitiga moslashib borgan. 333
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
332.Rivojlanish jarayonida umurtqasiz hayvonlar yashash muhitiga moslashib borgan.
333.Suvarakning hayot sikli qanday ketma ketlikda bo`ladi----1– tuxumi; 2– lichinkasi; 3– voyaga yetgan hasharot; 4– urg‘ochi suvarak; 5– erkak suvarak. 334.O‘simliklarda bo‘lgani kabi hayvonlarda ham nima katta axamiyatga ega-----hayot sikllari katta ahamiyatga ega. 335.Hasharotlarning hayot siklida qanday rivojlanish kuzatiladi---- chala va to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish kuzatiladi. 336.Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga qaysi hashorotlar kiradi----- suvarak, ninachi, chigirtka, termit va qandala. 337.Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning rivojlanish ketma-ketligi qanday bo`ladi---- tuxum→lichinka→voyaga yetgan hasharot. 338.Suvaraklar qayerda ko`p uchraydi -------- u ovqat qoldiqlari bilan oziqlangani uchun oshxonada ko‘p uchraydi. 339.Suvaraklarga xos bo`lgan xususiyatlar-----Urg‘ochisi pana joyga tuxumini qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinka to‘rt marta tullab, besh yoshni o‘taydi. Har tullaganda xitinli po‘stini tashlab o‘sadi. 340.Suvaraklarni nima uchun yo`q qilish kerak------Oziq mahsulotlariga tegib, turli kasalliklar keltirib chiqargani uchun suvaraklarni yo‘qotishga harakat qilinadi. 341.Asalarining hayot sikli qanday ketma ketlikda bo`ladi---- 1– tuxum qo‘yayotgan urg‘ochi asalari; 2– tuxum; 3– asalari suti bilan oziqlantirilayotgan lichinka; 4– gul changi va asal bilan oziqlanayotgan lichinka; 5– g‘umbak; 6– rivojlangan g‘umbak; 7– yosh asalari. 342.To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga qaysi hashorotlar kiradi----- asalari, pashsha, qo‘ng‘iz va kapalak kiradi. 343.To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning rivojlanish ketma-ketligi qanday ketma ketlikda bo`ladi---------- tuxum→lichinka→g‘umbak→voyaga yetgan hasharot. 344.Urg‘ochi asalari qayerga tuxum qo`yadi va tuxumdan chiqqandan keyingi rivojlanish bosqichlari qanday o`tadi hamda shu rivojlanish bosqichlarida nimalar bilan oziqlanadi------ mumdan yasalgan katakchalarga tuxumini qo‘yadi. Tuxumdan lichinka rivojlanadi. Ishchi asalarilar dastlab lichinkani asalari suti bilan boqadi, keyinchalik gul changi va asal bilan oziqlantiradi. G‘umbaklik davrini o‘tab bo‘lgach, undan yangi hasharot rivojlanib chiqadi. 345.Umurtqali hayvonlar tipiga qaysi sinf vakillari mansub----- baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflari kiradi. 346.Baliqlar sinfiga mas tarif qanday----- tanasi suyri shaklida, shilimshiq bilan qoplangan bo‘ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan. Jabrasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doiradan iborat, yuragi 2 kamerali. Yuragida venoz qon oqadi. Sovuqqonli hayvon, ya’ni tana harorati tashqi muhitga bog‘liq. Tashqi muhit harorati ortsa, baliqlar harakati tezlashadi, harorat pasaysa, ularning harakati sustlashadi. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling