5 –sinf savol javob
Odam nima maqsadida tabiatga doimo ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan---yashash sharoitini yaxshilash maqsadida. 398
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
397.Odam nima maqsadida tabiatga doimo ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan---yashash sharoitini yaxshilash maqsadida. 398.Insonni tabiatga ijobiy tasiri qanday-----Ijobiy ta’sirga odam tomonidan o‘simlikning yangi navlarini yaratilishi, hayvonlarning yangi (go‘shtdor, sersut va hokazo) zotlarini olinishi, oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘paytirilishi misol bo‘ladi. 399.Insonni tabiatga salbiy tasiri qanday-----Salbiy ta’sirga yovvoyi hayvonlarni ko‘plab ovlash natijasida ularning qirilib ketishi, o‘rmondagi daraxtlarning keragidan ortiq kesilishi, atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi, cho‘llarning o‘zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi kiradi.
400.Yangi ekologik muammolarni kelib chiqishiga nimalar sabab bo`lmoqda va bunga misol---- Odamning tabiatga salbiy ta’siri ortgani sari turli ekologik muammolar kelib chiqadi. Masalan, odam tomonidan cho‘llarning o‘zlashtirilishi, tuproqning sho‘rini yuvish va cho‘l zonalarida o‘stiriladigan o‘simlik, masalan, g‘o‘zani sug‘orish natijasida Orol dengizi quriy boshladi.Transport vositalarining ko‘payishi, yonilg‘idan ko‘p miqdorda foydalanish atmosferadagi CO2 miqdorini oshirib, havo haroratining ko‘tarilishiga, bu esa o‘z navbatida muzliklarning erib, ayrim joylarda suv toshqini bo‘lishiga olib keladi. 401.Hozirda nima atmosferaning himoya qobig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan ------muzlatkich va konditsionerlardan ajraladigan modda. 402. Nima atmosferadagi ayrim zararli nurlarining yergacha yetib kelishiga sabab bo‘lmoqda---- Ozon qatlamida tuynuklarning paydo bo‘lishi. 403.Quyoshning zararli nurlari nimalarga sabab bo`lmoqda----o‘simlik va hayvonlarga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda va odamlarda terining xavfli o‘sma kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 404.Tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishiga va ekologik muammolarning ko‘payishiga nima sabab bo‘lmoqda--------O‘rmonlarning keragidan ortiq kesilishi, dengiz va daryo suvlariga noto‘g‘ri munosabat, yovvoyi tabiatni odam tomonidan uzluksiz o‘zlashtirilishi, yovvoyi o‘simlik va hayvon turlarining qirilishi 405. Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish qanday qonunlarga asosanamalga oshiriladi----- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling