5 –sinf savol javob
Yopiq urug‘li o‘simliklar nechta sinfga ajratiladi?:- bir va ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga ajraladi. 181.J
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
180.Yopiq urug‘li o‘simliklar nechta sinfga ajratiladi?:- bir va ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga ajraladi.
181.Jo‘xori va arpa turkumlari qaysi oilaga kiradi?:- Bug‘doydoshlar oilasiga kiradi. 182.Pristli nechanchi yili qanday tajriba o`tkazdi va ushbu tajriba nimani isbotlagan?:- 1771-yilda britaniyalik tabiatshunos olim Jozeff Pristli quyidagicha tajriba o‘tkazdi. Ikkita shisha idish ostiga bittadan sichqon qo‘yib, ikkinchi shisha idishga tuvakdagi o‘simlikni ham joylashtirdi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng birinchi idish ostidagi sichqon o‘lib qoldi, ikkinchi idishdagisi esa tirik qoldi. 1. Birinchi idishdagi sichqonning o‘limiga sabab u idishda o`simlikning bo`lmasligi ya`ni o`simlik bo`lganida fotosintez bo`lib sichqonni nafas olishi unchun O2 ajralgan bo`lar edi.Idishda O2 tugab sichqonga nafas olishi uchun O2 yetishmay u o`lgan. 2. Ikkinchi idishdagi sichqon tirik qolishiga sabab u idishda o`simlik bo`lib fotosintez jarayoni amalga oshgan va idishdagi sichqonni nafas olishi uchun O2 ajralib turgan. 183. O‘simliklar bargidan gerbariy tayyorlash uchun qanday erakli jihozlar kerak?:- 10 xil o‘simlik barglari, oq qog‘oz, skotch, gazeta, faner bo‘laklari. 184.O‘simliklar bargidan gerbariy tayyorlash qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi va nimalarga e`tabor berilishi kerak?:- 1. Maktab yoki uyingiz atrofidagi 10 xil o‘simlik bargidan namuna oling. 2. Quruq latta bilan changini arting. 3. Gazeta yoki qog‘oz orasiga bargni tekis qilib joylashtiring. 4. Har bir bargni gazeta orasiga olib, tayyorlangan namunalarni bir-birining ustiga taxlang. 5. Namunalar tekis qurishi uchun ularni ikkita faner orasiga joylashtiring. 6. Namunalar mog‘orlab qolmasligi uchun ustidagi gazetalarni har kuni almashtiring. 7. Barglari qurib qotgach, oq qog‘ozga skotch yordamida yopishtiring. 8. Quritilgan barg qaysi o‘simlikka tegishli ekanligi va namuna olingan sanasini barg tagiga yozib qo‘yiladi. 185. O‘simliklar bargidan gerbariy tayyorlash jarayonida nima uchun gerbariyga qo`yilgan qog`oz yoki gazeta almashtirilib turish lozim?:- Namunalar mog‘orlab qolmasligi uchun. 186.Tuban o‘simliklar bo`limiga qaysi o`simliklar kiradi va ularni tanasi qanday tuzilgan hamda qanday nomlanadi?:-Suvo‘tlar tuban o‘simlik bo‘lib, tanasi organlarga bo‘linmaganligi sababli, qattana yoki tallom (organlarga bo‘linmagan tana) deb ataladi. 187.Barcha suvo‘tlar nimaga ega?:- xromatoforga ega. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling