Sutda qaynatilgan qahvani tayyorlash tartibi. Kerakli masalliqlar: yanchilgan qahva 6 g, shakar 25 g, sut 75 g.
Kichikroq kastrulkada quyuqroq qora qahva tayyorlanadi.
Sutni qaynatib, unga shakar va qora qahvani qo`shib qaynagunicha isitiladi.
Tayyor bo'lgan qahvani stakanlarga yoki chashkalarga solinib dasturxonga tortiladi.
Какао tayyorlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 6 g какао kukuni, 25 g shakar, 130 ml sut.
Какао kukuni bilan shakarni qo'shib aralashtiriladi.
Bu massaga ozgina qaynoq sut quyib, yaxshilab aralashtiriladi.
So'ngra qolgan sut quyilib qaynagunicha isitiladi.
Tayyor kakaoni stakanlarga yoki chashkalarga quyib, dasturxonga tortiladi.
NI-2 uchun savollar:
1.Buterbrod tayyorlash texnologiyasi.
2.Issiq ichimliklar tayyorlash texnologiyasi.
3.Nonushta uchun dasturxon bezash.
4.Buterbrod va issiq ichimliklar tayyorlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari.
5.Ish o’rnini tashkil etish va yig’ishtirish.
Darsni mustahkamlash:
Issiq ichimliklarni qanday turlari mavjud?
Choyning organizm uchun ahamiyati qanday?
Choyni damlash tartibini aytib bering.
Oq choyni damlash tartibini aytib bering.
Shirchoyni tayyorlash uchun nimalar kerak bo'ladi?
Qahvani damlash usullari qanday?
Sutli qahva qanday damlanadi?
Kakaoni tayyorlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
Dars yakuni.
Dars davomida bajarilgan ishlarni tekshirish, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa : Buterbrod tayyorlashni o’rganish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 13-14-dars
Mavzu : Amaliy mashg'ulot: Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash. Ularning sifatiga va saqlanishiga qo'yiladigan talablar. Yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |