Paxta va zig'ir tola gazlamalarining xossalarini aniqlash Asbob va moslamalar: chit va zig'ir tolasi gazlamalaridan namunalar, igna, ish qutichasi, daftar.
Ishning borishi. Gazlamalarning xossalarini aniqlab bir-biriga solishtirib, jadvalga yoziladi:
Har bir namunaning bo'ylama ipidan 3-4 tadan sug'urib, qaysi biri yo'g'onroq ekani aniqlanadi.
Har bir namunaning bo'ylama va ko'ndalang iplaridan sug'urib, ularni tortib uzib ко'rib, qaysi biri pishiqligi aniqlanadi.
Ikki namuna iplarining oxirini ushlab ко'rib, qaysi biri yumshoqligi aniqlanadi.
Har ikkala gazlamadan namuna olib taxminan 1 minut g'ijimlab turiladi, keyin yozib silliqlanadi, qaysi biri ko'p g'ijimlangani aniqlanadi.
Paxta va zig'ir tolasining xossalari 7-jadvalda ko'rsatilgan
Tolaning nomi
|
Rang
|
Ko'rinishi qanaqa
|
Uzunligi (sm)
|
Qalinligi
|
Yumshoqligi
|
Qattiqligi
|
Paxta
|
oq
|
bo'g'iqroq
|
0,6-5,2
|
ingichka
|
momiq
|
baquvvat
|
Zig'ir
|
och ko'k
|
yaltiroq
|
25-100
|
yo'g'on silliq
|
dag'al
|
baquvvat
|
Mustahkamlash uchun savollar:
Gazlama qanday hosil qilinadi?
Iplarning rangi nima uchun ikki xil bo'ladi?
Bo'ylama va ko'ndalang iplarning yo'nalishi qanday aniqlanadi?
Gazlamaning o'ng va teskari tomonlari qanday bilinadi?
Gazlamaning milki titilib ketmasligining sababini tushuntiring.
Yigiravchi va to'quvchi kasblari haqida nimalarni bilasiz?
Gazlamadagi qaysi ip ko'proq cho'ziladi?
Nima uchun zig'ir tolasidan to'qilgan gazlamalardan qishki kiyim tikilmaydi?
Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Polotno to’qishni o`rganib kelish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 23-24-dars
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish
Mavzu : Qo'l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma'lumot. 3-nazorat ishi
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga qo`l ishlarini bajarishni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga qo`l ishlarini bajarishda x.t.q. va nafosat bilimini berish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda bichish, tikishga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |