5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy qism.
- Yangi dars bayoni: Qo`l ishlari. Asbob-uskunalar haqida umumiy malumot
- Yamoqlar 2 xil usulda tikiladi.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarga qiziqqan kasb-hunarlari haqida ma`lumot berish.
Dars jihozi: Platatlar , ko`rgazmalar, rasmlar, igna, ip, qaychi va h.k. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning uslubi: savol-javob, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot. Darsning borishi: 1.Tashkiliy davr. 2.Ma`naviyat daqiqasi. 3.Qiziqarli savol –javoblar. Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi. O`tilganlarni takrorlash: Gazlama qanday hosil qilinadi? Iplarning rangi nima uchun ikki xil bo'ladi? Bo'ylama va ko'ndalang iplarning yo'nalishi qanday aniqlanadi? Gazlamaning o'ng va teskari tomonlari qanday bilinadi? Gazlamaning milki titilib ketmasligining sababini tushuntiring. Yigiravchi va to'quvchi kasblari haqida nimalarni bilasiz? Yangi dars bayoni: Qo`l ishlari. Asbob-uskunalar haqida umumiy ma'lumot Qo`lda ishlarni bajarish, kiyimlarga qarashdir. Masalan: dazmollash, yamoq solish, tugma qadash, so`kilgan joylarni tikish shular jumlasidandir. Agar kiyim sokilgan bo`lsa o`z yo`li bilan mashinada yoki qo`l choki bilan kiyimga mos rangdagi ip bilan tikib chiqiladi. Yamoq solib tikishda esa kiyimni yirtilgan qismi yaxshilab tekshiriladi, atrofidagi iplar qirqib olinadi. Agar kiyimdan gazlama parchasi bo`lsa shu parchadan foydalaniladi. Yo`l-yo`l bo`lsa yo`llarini, katak, gulli bo`lsa katagini va gulini bir-biriga mos kelgan holda yamoq tikilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Yamoqlar 2 xil usulda tikiladi. 1. Dekorativ yamoq. 2. Oddiy yamoq. Dekorativ yamoq bezak vazifasini ham bajaradi. Qo`l ishlarini bajarishda bajarilayotgan ishga qarab asbob-uskunalar belgilanadi. Asosiy qo`l ishlarida ishlatiladigan asboblarquyidagilardan iborat: igna ,ip, qaychi, angushona, chambarak. Qo'lda bajariladigan ishlarga mashinada bajariladigan operatsiyalardan ko`ra ko'proq vaqt ketadi. Qo'l ishlari ikki guruhga bo'linadi: tik turib bajariladigan va o'tirib bajariladigan ishlar. Tik turib bajariladigan ishlarda kiyim yoki bo'lak stol ustiga qo'yiladi, o'tirib bajariladigan ishlar esa kiyim yoki bo'lakni ham stol ustiga, ham o'quvchining tizzasiga qo'yib bajarish mumkin. Oyoq toliqmasligi uchun o'tirib bajariladigan ish o'rnini pastki qismiga kichkina yashikcha o'matiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay va bir-biriga yaqinroq qilib qo'yiladi. Qo'lda ish bajaruvchilar uchun ish о`rnini tashkil etishda quyidagi jihozlar kerak bo'ladi: stol - yuqori qismi silliq, mehnat qurollari va namunalarni saqlaydigan, ochiladigan tortmalardan tashkil topgan; maxsus ish qutichasi - ip va qurollami saqlash uchun; chiqindilar uchun idish; oyoq uchun tirgak. Stol o'ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo'lib, bu yerda qaychi, bo'r, igna, ip va hokazolar saqlanadi. Stol o'ng tomonining yuqori burchagiga organik shisha tagiga texnologik xarita joylashtiriladi. Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo'yiladi. Tik turib yoki o'tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto'g'ri bo'lsa, odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va garvda qiyshayib yoki bukchayib qolishiga olib keladi. Ishchi to'g'ri o'tirishi uchun oyoqlar tirgakka to`la tiralib turishi kerak. Oyoqlami chalishtirib o'tirmagan ma'qul, aks holda qon aylanishi yomonlashadi. Gavdani va boshni to'g'ri tutib yoki salgina oldinga egib o'tirish kerak. Tikayotgan kiyim yoki bo'lakni ko`zdan 25-30 sm masofada tutish lozim. Ish o'rni yaxshi yoritilgan bo'lishi, yorug`lik chap tomondan tushib turishi lozim. Tik turib ishlaydigan ishchi gavdani to'g'ri va qattiq tutib turishi, bo'yin va ko'krak qismida umurtqa to`g`ri turishi kerak. Gazlamadagi bo`r chizig'ining qalinligi 0,1 sm dan oshmasligi kerak. Vaqtincha birlashtirish ochun tikilgan qaviqqator ochiq rangli ipda tikiladi (ko'rinib turishi uchun). Qaviqning uzuriligi 1 sm ichida 3—4 chok bo'ladi. Qaviqqator tikilgandan keyin mustahkainlanadi (zakrepka qilinadi). Salqi qaviqqatorni ko'klash chokidan keyin, mashina baxyaqatori chokidan oldin so'kib tashianadi. Ko'klash qaviqqatori baxyaqatordan keyin so'kib tashlanadi. Qo'l choklarni tikishda ishlatiladigan asbob va moslamalar rasmda keltirilgan. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling