5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet40/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

4. Santimetrli lenta - 150 sm uzunlikdagi rezinkalangan lenta bo'lib, har 0,5 sm oraliqda belgisi bor. Santimetrli lenta gavda o'lchamini va bo'laklarni o'lchash uchun ishlatiladi.

5. Maneken - kiyim bo'laklarining to'g'ri ulanganini tekshirib ko'rishda ishlatiladi.

6. Pichoqli halqa - asosan qo'lda qaviq tushirgandan keyin ipning uchini qirqish uchun ishlatiladi. Ko'rsatkich barmoqqa kiyiladi.

7. Dukcha - metall, plastmassa yoki suyakdan yasalgan o'tkir uchli sterjen, bort, yoqa uchlari, shakldor choklarni ag`darib to'g'rilash uchun ishlatiladi.

8. To'g'nag'ich - turli bo'laklarni bir-biriga yopishtirish uchun, chiziqlarni bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazish uchun hamda buyumni kiydirib ko'rishda qo'llaniladi.

9. Chizg'ich - kiyim chizmalarini loyihalashda va bichishda ishlatiladi.

10. Iz tushirgich - andozalar tayyorlashda kiyim chizmasi bo' laklarini kartonga tushirishda у oki qog' ozdan gazlamaga, bir bo'lakdan ikkinchi bo'lakka iz tushirishda ishlatiladi.

11. Bo'r - chiziqlarni tushirishda va buyumni kiydirib ko'rishda nuqsonlarni belgilashda ishlatiladi. Bo'r izi 0,1 sm dan oshmasligi kerak.

Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan sikli baxya deyiladi. Qo'lda solingan baxya xalq tilida qaviq deb yuritiladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan baxyalardan baxyaqator, qaviqlardan esa qaviq-qator hosil bo'ladi.
Kiyim tikishda asosan qo'l choklar detallarni vaqtincha birlashti­rish uchun va butunlay qoldirish uchun tikiladi. Oddiy qo'l choklariga quyidagilar kiradi. Vaqtincha birlashtirish uchun to'g'ri ko'klash qavig'i (rasm, a).

  1. Yo'rma qaviq (rasm, b).

  2. Salqi qaviq (rasm, v).

  3. Iroqisimon biriktirma qaviq (rasm, g).


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling