5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savollar
- Dars yakuni. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash. Uyga vazifa
- Mavzu
- Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi
- Tashkiliy qism.
- 1. Konstruktiv 2. Dekorativ.
Asbob va moslamalar: masshtabli va burchakli chizg'ich, lekalo, qalam - TM va 2M, o`chirg`ich, albom.
Fartukning chizmasi (2-rasm)da, o'lchovi 1-jadvalda, fartuk qismlarining hisobi -o'lchovlari 2-jadvalda berilgan. 2-jadval
Bog'ichli qalpoqcha (3-rasm). Bunday qalpoqcha chizmasini qurish uchun BshA = 48 sm, QBshA 4-6 sm o'lchovlari ishlatiladi. Bog'ichli qalpoqcha chizmasini bajarish (4-rasm). To'g'ri burchak chizilib, uning yuqori burchagi V harfi bilan belgilanadi. V nuqtadan o'ng tomonga bosh aylanasi o'lchoviga uning qo'shimchasini qo'shib ikkiga bo'lingan qiymati qo'yiladi va V1 harfi bilan belgilanadi: VV1 = (BshA+ QBshA): 2 = (48+4): 2 = 26 sm. V nuqtadan pastga barcha razmerlar uchun bir xil bo'lgan 20 sm qiymat qo'yiladi va E harfi bilan belgilanadi VE = 20sm. To'g'ri to'rtburchak VV1 ЕE1 ni qurish oxiriga yetkaziladi, ya'ni: VV1 =ЕE1 =26 sm, VE = V1 E1 = 20 sm. Mustahkamlash uchun savollar: Bolalar fartugi haqida ma'lumot bering? Fartuk chizmasi uchun qanday o'lchovlardan foydalanildi? Fartuk chizmasi qanday qismlardan iborat? Bog'ichli qalpoqcha chizmasini chizish uchun qanday o'lchovlar ishlatildi? Bog'ichli qalpoqcha chizmasi qanday chiziladi? Dars yakuni. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash. Uyga vazifa: Fartuk va bog’ichli qalpoqcha chizmasini chizish. _________________20__-yil O’IBDO’:___________________ _________________20__-yil 5-sinf 35-36-dars Mavzu : Fartuk va bog'ichli qolpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga fartuk va bog'ichli qolpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlashni o`rgatish Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlab borish, orastalik bilimini berish. Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni bichish va tikishga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish. Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb-hunarga yo`naltirib borish. Dars jihozi: Qaychi, santimetr lenta, ruchka,daftar,ko`rgazma uchun rasmlar. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot. Darsning borishi: 1.Tashkiliy davr. 2.Ma`naviyat daqiqasi. 3.Qiziqarli savol –javoblar. Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi. O’tilganlarni takrorlash: Bolalar fartugi haqida ma'lumot bering? Fartuk chizmasi uchun qanday o'lchovlardan foydalanildi? Fartuk chizmasi qanday qismlardan iborat? Bog'ichli qalpoqcha chizmasini chizish uchun qanday o'lchovlar ishlatildi? Bog'ichli qalpoqcha chizmasi qanday chiziladi? Yangi dars bayoni: Fartuk va bog'ichli qolpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash uchun kerakli asboblarni tayyorlab olamiz. Modellashtirish bu- asosiy chizmaga o`zgartirish kiritib, yangi fason yaratish. Modellashtirishning 2 xil turi bor: 1. Konstruktiv 2. Dekorativ. Konstruktiv modellashtirishda fartuk qismlari konstruksiya chiziqlari bo`yicha yangi fason yaratiladi. Dekorativ modellashtirishda esa bezak berib fason o`zgartiriladi. Fartuk uchun andoza tayyorlashda bel aylanasi, bo`ksa aylanasi hamda fartuk uzunligi o`lchovlari olinadi. Kerakli o`lchovlar olingandan so`ng, andoza tayyorlanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling