5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet58/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Modellashtirish. Moda yaratish uchun asosan asos chizmasiga model chiziqlari kiritiladi. Asos chizmasi - bu o'lchovlar va hisoblash formulalaridan foydalanib chizilgan chizma. Ishni bajarishda avval tanlangan fason bo'yicha asosiy chizma chiziladi. Shu chizmaga biror chiziqni qo'shib yoki undan biror chiziqni olib tashlab, qismlar shaklini o'zgartirish modellashtirish deyiladi .
Kiyimning qismlari shaklini o'zgartirmay, ularni bezatish yo'li bi lan ham modellashtirish mumkin . Bir xil andoza bilan tikilgan uy fartugi oldingi darsdagi rasmda berilgan. Bu fartuklar turli ko'rinishda va har xil bezaklar bilan tikilgan. Bezak materiallariga jiyak, to'r, kashta, quroq bulardan tashqari applikatsiyalar kiradi. Applikatsiya yordamida bezatilgan fartuklar sho'xchan bo`lib ko'rinadi.
Fartuklar va qalpoqchalar uchun gazlama tanlash. Kiyimlar qaysi vaqtda
kiyilishiga qarab har xil gazlamalardan tikiladi. Umuman fartuk va qalpoqchalarni tikishda ochiq rangli sidirg'a yoki may da gulli zig'ir yoki paxta tolasidan to'qilgan gazlamalar tanlanadi. Bunday gazlamalarning tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lishidan tashqari, ular oson yuviladi, yaxshi dazmollanadi. Shuning uchun gazlamani tan-lashda uning texnologik xususiyatlariga ham e'tibor berish kerak.
To'qimachilik sanoatida eni har xil (60 santimetrdan 1 m 60 santimetrgacha) gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi.
Asbob va moslamalar: masshtabli va 50 sm li chizg'ichlar, burchakli chizg'ich, turli lekalolar, qalam - TM va 2M, o'chirg'ich, albom, qaychi.
Masshtab 1:4 da chizilgan chizma asosida o'z razmeriga fartuk va bog'ichli qalpoqcha chizmasi chiziladi. Fartukning va qoplama cho'ntakning etak qismlari aylana shakliga keltirilib modellashtiriladi. Asos chizmasi va modellashtirilgan chiziqlar bo'ylab fartuk va qalpoq­cha chizmalari qirqiladi va andozani bichishga tayyorlanadi, ya'ni:

  1. Kiyim nomini andozaga yozib qo'yish – ko`krakpech qismi yaxlit bo`lgan fartuk.

  1. Andozaga kiyim razmerini yozib chiqish - 38-razmer.

  2. Andoza detallarining sonini ko'rsatish - 1 dona.

  3. Andozada gazlamaning bo'ylama ip yo'nalishini aniqlash.

  1. Andozada gazlamadan qoldirib bichiladigan chok haqining miq­dorini yozib chiqish - yon qirqimida 1 sm.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Modellashtirishdan maqsad nima?

  2. Andozani bichishga qanday tayyorlanadi?

  3. Fartukning eskizdagi chiziqlarini andoza qismlariga o'tkazing.

4.Cho'ntakning turiga qarab, fartuk qismlariga yangi chiziqlar kiriting.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling