Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Andoza tayyorlash.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 37-38-dars
Mavzu : Fartuk va bog'ichli qalpoqcha bichish. Bog'ichli qalpoqchani tikish
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga andozalarni gazlamaga joylash va bichishni o`rgatish
Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlab borish, bichish va tikishni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni bichish va tikishga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Dars jihozi: Qaychi, santimetr lenta, ko`rgazma uchun rasmlar,tikuv mashinasi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O’tilganlarni takrorlash:
Modellashtirishdan maqsad nima?
Andozani bichishga qanday tayyorlanadi?
Fartukning eskizdagi chiziqlarini andoza qismlariga o'tkazing.
4.Cho'ntakning turiga qarab, fartuk qismlariga yangi chiziqlar kiriting.
Yangi dars bayoni:
Andozani gazlamaga joylashda gazlamalar tayyorlab olinadi.Ularni turi, yo`li , katagi, guli, yaltirashi bir tomonga yo`naltirilgan holda gazlama ustiga andoza joylashtiriladi. Bundan tashqari andozani gazlamaga shunday joylashtirish kerakki, gazlamadan ortiqcha qiyqimlarni chiqarmaslik kerak. Gazlamani iqtisod qilish uchun tartibli qilib joylashtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |