5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet67/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Dars jihozi: Qaychi, santimetr lenta, ko`rgazma uchun rasmlar, tikuv mashinasi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot, guruhlarda ishlash, savol-javob.
Darsning borishi:
1.Salomlashib, davomatni aniqlash.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash:
1.Fartuk uchun qaysi o`lchovlar kerak? 2.Aylana o`lchovlari qanday yozladi? 3. Belbog` va bog`ichga qanday ishlov beriladi?
Yangi dars bayoni: Qoplama cho'ntakni tikish
Yaxlit bichiqli fartukning qoplama cho'ntagi bitta bo'lsa, u holda cho'ntak o'rta markaziy chiziq bo'yicha tikiladi. Agar cho'ntak ikkita bo'lsa, 1-rasmda belgilangandek tikib chiqiladi.

Qoplama cho'ntakni tikish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, cho'ntakni bichig'i, to'r, burma, qaychi.
Ishni bajarish tartibi:
1.Cho'ntakning ovalsimon qismi far­tuk etagiga ishlov berilganidek bajariladi.
2.Cho'ntakning yuqori qismi avval 0,5 sm ga bukib olinadi, so'ngra 2 sm ga yana bukib qo`lda ko'klab chiqiladi.
3.Ko'klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqator yuritiladi va ko'klov iplari sug'urib olinadi, choklariga namlik-issiqlik ishlovi beriladi

  1. Cho'ntakning to'g'ri qismi teskari tomoniga 1 sm bukib, ko'klab olinadi

  2. Tayyor bo'lgan cho'ntaklar fartukning belgilangan cho'ntak o'rinlariga qo'yilib, to'g'nag'ich bilan qadab qo'yiladi. So'ngra cho'ntakni

3 ta tomonidan fartukka ko'klab chiqiladi (1-rasm).

  1. Ko'klov choklari yonidan mashinada bostirib tikib qo'yiladi, cho'ntak oxirida chok mahkamlanadi, ko'klov'iplari olib tashlanadi va cho'ntaklar dazmollanadi.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qoplama cho'ntakni tayyorlab olishni tushuntirib bering.

  2. Qoplama cho'ntak fartukka qanday birlashtiriladi?

  3. Qoplama cho'ntak fartukka qanday joylashtiriladi?


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling