Dars jihozi: Qaychi, santimetr lenta, ko`rgazma uchun rasmlar, tikuv mashinasi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot, guruhlarda ishlash, savol-javob.
Darsning borishi:
1.Salomlashib, davomatni aniqlash.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash:
1.Fartuk uchun qaysi o`lchovlar kerak? 2.Aylana o`lchovlari qanday yozladi? 3. Belbog` va bog`ichga qanday ishlov beriladi?
Yangi dars bayoni: Qoplama cho'ntakni tikish
Yaxlit bichiqli fartukning qoplama cho'ntagi bitta bo'lsa, u holda cho'ntak o'rta markaziy chiziq bo'yicha tikiladi. Agar cho'ntak ikkita bo'lsa, 1-rasmda belgilangandek tikib chiqiladi.
Qoplama cho'ntakni tikish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, cho'ntakni bichig'i, to'r, burma, qaychi.
Ishni bajarish tartibi:
1.Cho'ntakning ovalsimon qismi fartuk etagiga ishlov berilganidek bajariladi.
2.Cho'ntakning yuqori qismi avval 0,5 sm ga bukib olinadi, so'ngra 2 sm ga yana bukib qo`lda ko'klab chiqiladi.
3.Ko'klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqator yuritiladi va ko'klov iplari sug'urib olinadi, choklariga namlik-issiqlik ishlovi beriladi
Cho'ntakning to'g'ri qismi teskari tomoniga 1 sm bukib, ko'klab olinadi
Tayyor bo'lgan cho'ntaklar fartukning belgilangan cho'ntak o'rinlariga qo'yilib, to'g'nag'ich bilan qadab qo'yiladi. So'ngra cho'ntakni
3 ta tomonidan fartukka ko'klab chiqiladi (1-rasm).
Ko'klov choklari yonidan mashinada bostirib tikib qo'yiladi, cho'ntak oxirida chok mahkamlanadi, ko'klov'iplari olib tashlanadi va cho'ntaklar dazmollanadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Qoplama cho'ntakni tayyorlab olishni tushuntirib bering.
Qoplama cho'ntak fartukka qanday birlashtiriladi?
Qoplama cho'ntak fartukka qanday joylashtiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |