Yangi dars bayoni: Amaliy mashg'ulot:
Turli chokidan so'kilgan buyumlarni tikish
Kiyimlarni tuzatishda ish o'rnini to'g'ri tashkil qilish kerak. Bajariladigan ish-ga qarab ish o'rni tayyorlanadi. Bajariladigan ishlar qo'lda tikish, tugma qadash, petlya tikish, yamoq solish, kiyimning so'kilgan choklarini tikish, ilgak chatish-dan iborat bo'lishi mumkin. Bu ishlar uchun stol va stul, tikuv mashinasi, dazmol, ish qutichasi va kerakli asboblar tayyorlanadi. Ish joyiga yorug'lik yaxshi tushib turishi kerak.
Ayrim hollarda kiyimning choki so'kilib ketadi. Keskin qilingan harakat, juda katta qadam tashlash, kiyim tikilgan iplarning sifatsizligi choklarning so'kilishiga sabab bo'ladi.
Kiyimning so'kilgan joyini tikish qo'lda "yoki mashinada bajariladi. Buning uchun gazlama rangidagi g'altak ipi va igna kerak bo'ladi. Igna gazlama qalinligiga mos bo'lishi lozim.
Amaliy ish: Turli chokidan so'kilgan buyumlarni tikish.
Asbob va moslamalar: Ish qutichasi, g'altak ip, igna.
Ish quyidagi tartibda olib boriladi :
1. Ta'mirlanadigan joy aniqlanadi. So'kilgan joyidagi iplari olib tashlanib dazmollanadi .
So'kilgan joyga to'g'nag'ich qadaladi va qo'lda ko'klanadi.
So'kilgan joyini qo'lda qaytma chok bilan mashina chokining qatorida tikib chiqiladi.
Ko'klov choklari olib tashlanadi va chok dazmollanadi.
Bajarilgan ishning sifatini tekshirib chiqiladi, ya'ni tikilgan qo'l qavig'i maydami, mashina chokining qatoriga to'g'ri keladimi, tekis tikilganmi.
Amaliy ish: Yamoq solish.
Asbob va moslamalar: Ish qutichasi, g'altak ip, igna.
Ish quyidagi tartibda olib boriladi :
Gazlamani yirtilgan joyidan o'ngini ichkariga qilib, qirqimlarini bir-biriga to'g'rilab ikkiga buklanadi. Yirtilgan joyga to'g'nag'ich qadaladi va qo'lda ko'klanadi .
Yirtilgan qirqimni may da yo'rma qaviqda qo'lda tikib chiqiladi.
Ko'klov choklari olib tashlanadi va chok dazmollanadi.
Bajarilgan ishning sifati tekshirib chiqiladi; ya'ni tikilgan qo'l qavig'i maydami, mashina chokining qatoriga to'g'ri keladimi, tekis tikilganmi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Nima uchun kiyimlar chokidan so'kiladi?
So'kilgan chokni tikishda qanday chok turidan foydalaniladi?
Yirtilgan chokni tikishda qanday chok turidan foydalaniladi?
Kiyimni ta'mirlashda ip qanday tanlanadi?
So'kilgan joyni tikish qanday bosqichlardan iborat?
Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Yamoq solishni o`rganib kelish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
Do'stlaringiz bilan baham: |