5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Pazandachilik o'quv xonasida xavfsizlik texnika qoidalari
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiyena qoidalari
Pazandachilik o'quv xonasida xavfsizlik texnika qoidalari
1.Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr asboblari va jihozla-rining sozligini tekshirish lozim. 2.Elektr jihozlarini tok manbayiga ulashda qo'l quruq bo'lishi kerak. 3.Go'sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish lozim. 4.Pichoqni boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatish kerak. 5.Kastrulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda suyuqlikni to'ldirib solish mumkin emas. 6.Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog'ini o'zidan teskari tomonga qaratib ochish kerak. 7.Tovadagi qizigan yog'ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solish kerak. 8.Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sachratmasdan ehtiyotkorlik bilan solish kerak. 9.Issiq qozon,tova, idish-tovoqlarni maxsus qo'lqop yoki moslama bilan ushlash kerak. 10.Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko'chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik kerak. Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiyena qoidalari: Ovqat va pazandachilik mahsulotlarini pishirishda maxsus kiyimlar - ochiq rangli fartuk va qalpoq kiyish yoki oq ro'mol o'rab olish lozim. Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo'llarni sovun bilan yuvish? tirnoqlar olingan bo'lishi kerak. 3.Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotlardan foydalanish lozim. 4.Go'shtga, baliqqa birlamchi ishlov berishda maxsus tamg'alangan - «XG», «XB» taxtakach va pichoqlardan foydalanish kerak. 5.Ish о'mini tez-tez tozalash va har doim ozoda, pokiza saqlashga harakat qilish lozim. 6.Xona jihozlarining saranjomligi va ozodaligini ta'minlash lozim. 7.Toza idishlarni maxsus gigiyenik javonlarda saqlash kerak. 8.Chiqitlarni maxsus qopqoqli idishga solib o'z vaqtida chiqarib tashlash kerak. Pazandachilik san`ati insonning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo`lib, uning rivojlanishihar doim jamiyat iqtisodiy ravnaqiga bog`liq bo`lgan. O`tgan barcha ijtimioy-iqtisodiy rivojlanishida ham taomlarning xilma xilligi sifati insonning hayot kechirishida muhim vosita bo`lib xizmat qilgan. Inson barcha tirik organizmlar kabi tashqi muhit qurshovida yashaydi. Tashqi muhit sharoitlari orasida inson a`zolariga doimiy va eng muhim ta`sir qilib turadigan taomdir. Odam uzoq vaqt ovqatlanmasa hayoti tugaydi, oz,nochor,noto`g`ri ovqatlansa ya`ni aksincha xo`p pala partish ovqat yesa turli kasalliklarga duchor bo`ladi.Shunday ekan pazandalik san`ati orqali taomlarni qoidali qilib tayyorlash ularning parhezli hususiyatini keltirib chiqaradi. Odamlarning rejali iste`mol qilishiva har bir taomning shifobaxshlik va uni iste`mol qilish ham tabiiy, hamijtimoiy harakterga ega bo`lgan muhum masaladir. Ushbu masalani ushbu masalani hal qilishda pazandalik muhum rol o`ynaydi. PAZANDALIK san`ati deb o`simliklar va hayvonot masalliqlaridan inson a`zolari orttiradigon turli xil lazzatli to`yimli va pokiza taomlarni tayyorlash hamda did bilan dasturhonga tuzashning muayyan yig`indisiga aytiladi. Pazandalikni boshqa san`atlari kabi o`ziga hos janrlari ham bor, bular, o`zbek pazandachiligida oshpazlik, palovpazlik, kabobpazlik, nonvoylik, qandolatchilik, mantipazlik, yaxnapazlik kabilardir. Ovqatlanish inson hayotining asosiy sharti hisoblanadi. Ovqat tayyorlash usullari va ularning rivojtanishi mamlakatning iqtisodiy hamda iqlim sharoitlari bilan, shuningdek, jamiyat tarixi va xalqning madaniy turmushi darajasi bilan belgilanadi. Go'shtli ovqatlarni iste'mol qilish olovdan to'g'ri foydalanishga va hayvonlarni qo'lga o'rgatishga sabab bo'lgan. Odamlar hayvonlarning go'shti va o'simliklardan turli ovqatlar pishirish yo'llarini topishgan. Jamiyat rivojlangan sayin insonning didi o'sib borgan, natijada eng oddiy mahsulotlardan murakkab taomlar tayyorlash va iste'mol qilishga zarurat tug'ilgan. O'zbek milliy pazandaligi ham faoliyatning boshqa turlari kabi doimo o'zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kelib O'zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi kabi sabzavotlar, malina, qulupnay kabi rezavorlar yetishtirila boshlandi. Taomning turlari ko'paydi. Sabzavotlar, mevalar, ko'katlar ko'pligi sababli bizning taomlar xushbo'yligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va lazzatli bo'lishini ta'miniash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandalikning asosini tashkil qiladi. Pazandalikning moddiy (to'ydirish) va ma'naviy (huzur baxsh etish, kishining ruhiga ta'sir qilish) jihatlari bor. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling