5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Sabzavotlarni to'g'rash usullari


Download 1.39 Mb.
bet7/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Sabzavotlarni to'g'rash usullari


To'g'rash shakli

Sabzavotlar

Pazandachilikda ishlatilishi

Somoncha

Sabzi
Lavlagi
Kartoshka
Karam

Palov va salatlar uchun, o'p yog'da qovurish, kotlet va bifshteks garnirlari uchun, lag'mon, borsh uchun

Uzunchoq to'rtburchak

Kartoshka

Ko'p yog'da qovurish, bifshteks garnirlari va sabzavotli sho'rvalar uchun

Kubchalar

Kartoshka Sabzi

Mastava, moshxo'rda, lag'mon va boshqa suyuq taomlar hamda -salatlar uchun

Parraklash

Kartoshka Sabzi

Qovurish, sho'rvalar va garnirlar uchun

Yaproqlash

Sabzi
Kartoshka
Lavlagi

Turli xil salatlar, taomlar garnirlari uchun



SABZAVOTLARNI MURAKKAB USULDA TO'G'RASH
Sabzavotlarni murakkab usul­da to'g'rash uchun maxsus moslama va pichoqlardan foydalaniladi. Murakkab to'g'rash usullariga spiralsimon, sharsimon, yulduzchasi-mon, gofrali va boshqalar kiradi.
SABZAVOTLARNI PISHIRISH USULLARI
Sabzavotlarni ishlatishdan oldin ularga yuqorida aytilganidek, birinchi ishlov beriladi, ya'ni ajratiladi, yuviladi va tozalanadi. Ularga qo'lda ishlov berilsa, 1-rasmdagi asboblar va moslamalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, umumiy ovqatlanish muassasalarida sabzavotlarga birinchi ishlov berish turli mashinalarda bajariladi.
Sabzavotlarga tegishlicha ishlov berilsa, ular ezilmay pishadi, taom sifatli bo'ladi. Sabzavotlarni maydalash, qiymalash, archish, to'g'rash yo'llari 2- rasmda ko'rsatilgan.
Sabzavot mahsulotlarini turli usullarda, masalan, qaynatib, qovurib, bug'lab va dimlab pishirish mumkin.
Sabzavotlar gazak, suyuq taomlar hamda quyuq taomlarning garniri uchun qaynatib pishiriladi.
Sabzavotlarni qaynatib pishirish
1. Sabzavotlarni qaynatib taom tayyorlanadigan bo'lsa, ularni biroz tuzli qaynab turgan suvga solinadi va past olovda pishiriladi. Shunda uiarning to'yimliligi, foydali moddalari yo'qolraaydi va vitaminlari parchalanib ketmaydi.

  1. Lavlagi va sabzi tuzsiz suvda qaynatiladi, tuzli suv uiarning ta'mini buzadi.

  2. Sabzavotlarni qaynatishda suv ularni 1—1,5 sm ko'mib turishi kerak. Agar suv ko'proq bo'lsa, uiarning to'yimli moddalari kamayib ketadi.

  1. C vitamini yo`qolishining oldini olish uchun sabzavotni usti yopiq idishda qaynatish, kerak.

  2. Kartoshka va sabzini suvda qaynatishdan tashqari dimlab bug'da pishirish ham mumkin.

Qovurish:sabzavotlarn xomligicha ham, qaynatib, so'ng qovurish ham mumkin.
Qovurilganda uiarning ustida qatlam hosil bo'ladi. Kartoshka, qovoq, kabachkilarni ham qovurish mumkin.
Dimlash: biroz suvda qaynatib, pishishiga yaqin dimlanadi. (Bunda turli mahsulotlarni qo'shish mumkin).
Sabzavotlarai turli usulda pishirish muddatlari (3-jadvalda ifodalangan.)

3-jadval


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling