Tuxumni qovurish usullari
Tuxumni qovurib yaxlit tuxum quymoq, omletlar, quymoqlar pishirish mumkin.
Yaxlit tuxum quymoq: 4 dona tuxum, 15 g yog`. Tuxumni chaqib tovadagi ozgina qizdirilgan yog'ga sarig'i yoyilib ketmaydigan qilib solinadi, yuziga mayda tuz sepiladi. Bunda olov pastroq bo'lishi lozim, aks holda, tuxumning chetlari kuyishi mumkin. Tuxumni 2-3 daqiqa oqi qotguncha aralashtirmay qovuriladi, o'rtasidagi sarig'i esa ko'zdek bo'lib turadi. Pishgan tuxumni likopchaga solinib dasturxonga tortiladi.
Omlet.
Kerakli masalliqlar: 2 dona tuxum, 30g. sut,5g. yog`.
Tuxumni idishga chaqib, sut, tuz qo'shib yaxshilab iylanadi.
Tovadagi dog'langan yog'ga tayyorlangan masalliqni yupqa qilib quyib, baland olovda pishiriladi.
Omlet quyuqlanib, ostida qizg'ish qobiq hosil bo'lganida pishgan hisoblanadi. Tayyor omletning chetini o'rtasiga qayirib, cho'zinchoq shaklda o'raladi.
Dasturxonga tortishda likopchaga solinib, yuziga eritilgan sariyog` quyiladi.
Omletlarga pishgan go'sht, qiyma, kolbasa, sosiska, non, ko'katlar va boshqa mahsulotlar qo'shib qovurish mumkin.
O'zbekcha quymoq.
Kerakli masalliqlar: 2 dona tuxum, 15 g un, 10 g yog', 50 g sut, 2 g tuz.
Ozgina ilitilgan sutga tuz, un solib yaxshilab iylanadi,unga tuxumni chaqib aralashtiriladi.
Tovaga yog` surtilib unga 1 sm qalinlikda tayyorlangan masalliq qoshiq bilan quyiladi va sirti qizargunicha pishiriladi.
Tayyor quymoq likopchalarga solinib, yuziga eritilgan sariyog' quyiladi va dasturxonga tortiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Tuxum tuzilishi bo'yicha qanday qismlardan iborat?
Tuxum sifatini qanday bilish mumkin?
Tuxumni qaynatish usullari qanday?
Tuxumdan yaxlit quymoq tayyorlashni aytib bering.
Tuxumdan tayyorlanadigan omletlar turlari va tayyorlanishini aytib bering.
O'zbekcha quymoq qanday tayyorlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |