5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Kerakli asbob va idishlar


Download 1.39 Mb.
bet18/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Kerakli asbob va idishlar. Suvni qaynatish uchun «Tefal» yoki sirli chovgum, elektr yoki gaz plitasi, 3 l kastrulka, qahva qaynatgich,
1 l choynak, piyolalar, likopchalar, qahva servislari, chashka, choy qo­shiq.
Choyni damlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 1 l suv, 20 g quruq qora yoki ko'k choy.

  1. Choy damlash uchun choynakni qaynoq suv bilan chayib tashlanadi.

  2. Choynakka quruq choyni solib, choynak hajmining 1/3 qismicha qaynoq suv quyiladi va 5-7 daqiqa choynak qopqog'ini yopib damlab qo'yiladi.

  3. So'ngra shaqillab qaynab turgan suvni quyib choynak to'ldiriladi va dasturxonga issiqligida tortiladi.

Oq choyni damlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 2,5 l sut, 1 l suv,
2 choy qoshiq quruq qora choy, ta'bga ko'ra sariyog'.

  1. Kastrulkada bir litrcha suv qaynatiladi va unga quruq choy so­linadi.

  1. Choy chiqqandan so'ng sutni qo'shib, 8-10 daqiqa qaynatiladi.

  2. Qaynash oxirida ozgina tuz solinadi.

4 Tayyor oq choy piyolalarda, yuziga yarim choy qoshiq sariyog' ta'bga ko'ra solib dasturxonga tortiladi.
Shirchoyni tayyorlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 1 kosa qaymoq, 3 choy qoshiq quruq choy, 1 choy qoshiq tuz, ta'bga ko'ra murch.

  1. Kastrulkaga 1,5-2 l suv quyib qaynatiladi. Unga quruq qora choy solib, yana 2-3 daqiqa qaynatiladi.

  2. Qaymoqni solib yaxshilab aralashtirib, ozgina tuz ham solinadi.

  3. Shirchoy 3-4 daqiqa qaynagandan key in pishadi. ,

  4. Shirchoyni katta piyolalarga quyib, har bir piyolaga 0,5 choy qoshiqdan sariyog', ta'bga ko'ra murch solib dasturxonga tortiladi.

Qora qahvani tayyorlash tartibi:
1. Qahva qaynatgichdagi 1 l suvga 10 g mayda tez eriydigan qah­vani solib, qaynagunicha isitiladi, lekin qaynatilmaydi.
2. Tayyor qahvani chashkalarga quyib alohida idishda shakar yoki qand bilan birga tortiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling