Ish o'rnini tashkil etish: ishni boshlashdan avval mehnat xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq ish o'rnini taxt qilish, korjomalarni kiyib olish kerak.
Ishning tartibi. Mahsulotlarni—tozalangan va yuvilgan sabzavotlarni tayyorlash: ko'kat salat, rediska, bodringni maydalab bo'laklash, ko'k piyoz, ukropni to'g'rash. Bir qismi salatning ustini bezash uchun qoldiriladi.
Tayyoriangan hamma mahsulotlarni aralashtirish, tuz sepish, smetaning yarmini qo'shib qorishtirish.
Tayyor salatni bezash hamda maxsus idishga solish, ustiga qolgan smetanani qo'shish, ukropni sepish, tayyoriangan mahsulotlar bilan ustini bezatish.
Savol va topshiriqlar:
Tayyorlangan taomning sifatini aniqlang.
Salatni tayyorlash uchun sabzavotlarga birinchi ishlov berishdan maqsad nima?
3. Salatni dasturxonga tortishdan oldin nima uchun bezatiladi?
4. Sabzavotlardan salat tayyorlashda nimaga jiddiy e'tibor beriladi?
Kartoshka salati tayyorlash
Asbob va idishlar: kastralka, taxtakach, pichoq, qoshiq, salatdon.
Mahsulotlar miqdori: (g): kartoshka—80, tuzlangan bodring—25, tuzlangan
karam —25, piyoz—20, sabzi—20, ko'katlar—2, smetana—30
Ishning tartibi. Pishirilgan kartoshka va sabzilarni artib, bo'lakchalarga bo'linadi. Keyin tuz, karam, bodring qo'shib sekin aralashtiriladi. Unga smetana qo'shiladi. Tayyor salatni maxsus idishlarga solib usti bezatiladi va ko'kat sepiladi (ustini ichidagi mahsulotlar bilan bezash kerak).
Savol va topshiriqlar:
Tayyorlangan taomning sifatini aniqlang.
"Bahor" salatining quvvatini kartoshka salati bilan taqqoslang.
Salat tayyorlashda nima uchun issiq va sovuq mahsulotni aralashtirib bo'lmaydi?
Sabzavotlarni pishirishda ularning to'yimliligini yo'qotmaslik uchun nimaga amal qilish kerak?
Mahsulotlarga qanday ishlov beriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |