5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet29/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yangi dars bayoni:
Inson hayotida gazlamalar muhim ahamiyat kasb etadi. Gazlamalardan tikilgan kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchli yorug'likdan himoya qilib, organizm temperaturasining mo'tadil bo'lishiga yordam beradi. Gazlamalar tabiiy va sun'iy bo'ladii Tabiiy gazlamalar paxta, jun, zig'ir, ipak kabi tabiiy tolalardan to'qiladi, Sun'iy gazlamalarga neylon, kripton, zar va boshqa sun'iy tolalardan to'qilgan gazlamalar kiradi.
Gazlamalarga ishlov berish bichish, tikish, dazinollasn (tekislash), bo'yash va boshqa isblardan iborat. Ularga qo'lda va mexanizmlar yordamida ishlov beriladi.
Gazlamalardan yilning maysumlariga moslab tikilgan kiyimlar mavsumiy kiyimlar deyiladi. Kiyinishda ish kiyimi, ko'cha kiyimi, tantanalarda kiyiladigan kiyimlar, ichki kiyim­lar, maxsus kiyimlar va boshqalar bir-biridan farq qilinadi. Turli toifadagi xizmatchilar o'z vazifalarini bajarishda kiyadigan kiyimlar maxsus kiyimlar deyiladi. Balarga tibbiyot xodimlari, harbiylar, ishchilarning kiyimlari va shu kabi boshqa kiyimlar kiradi. Kiyimlar asosan tikuv mashinalarida tikiladi.
Mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shovqinni ta'sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnolo­giyasi o'quv xonalarini alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashgan bo'ladi. Xona keng, yorug`, quruq, 12-15 ta o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, xona burchagida kiyib ko'rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko'zgu bo'ladi. Xonada bajarilgan ishlarni ko'rsatish uchun ko'rgazma javonlari va taxtalari, manekenlar, ko'rgazmalar va texnik hujjatlami saqlash uchun javonlar bo'ladi. Xona o'quvchilarning ishlarini targ'ib qiluvchi stendlar bilan jihozlanib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin.
Xonada har 2 ta o'quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati bilan, bichish stoli bo'ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g'ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va almashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagida rezina gilamcha bo'ladi. Xonada katta va kichik bichish qaychilari, katta lineykalar, santimetr lenta, bir neohta ish qutilari bo'ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo'lgan ish qurollari; qaychi, ignalar to'plami, to'g'nag'ichlar, pichoqli halqa, iz tushirgich, bo'r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo'ladi. Mehnat xonasiga kirgan o'quvchi ish kiyimida bo'lishi talab etiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling