Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar (kanape). Ularni tayyorlash uchun nonning yumshoq bo'lagini kichik kub, romb, doira shakllarida kesiladi, keyin qizdirilgan tovada 2 tomonini qizartirib qovurib olinadi. Non sovitilgandan so'ng ustiga sariyog6 surtiladi va uning shakliga moslab mahsulot qo'yiladi. Usti sabzavotlar, ko'katlar bilan bezatiladi. Bu buterbrod bir necha qavat qilib, bir necha xil mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin.
Mustahkamlash uchun savollar:
Buterbrodlarning tayyorlanishi jihatidan qanday turlari bo'ladi?
Ochiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
Yopiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
Gazak uchun tayyorlangan (kanape) buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
Dars yakuni: Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa. Kanape buterbrodini tayyorlashni o’rganish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 17-18-dars
Mavzu : O'zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o'ziga xos xususiyatlari.
Amaliy mashg'ulot: «Tvorogli», «Murabboli» blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish
Ta`limiy maqsadi: O'quvchilarga o`zbek milliy oshxonasining tarixi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlab borish, pazandachilikka o`rgatish
Rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchi qizlarda pazandachilikka bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni qiziqishiga ko`ra kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Dars jihozi: Darsga mavzusiga oid rasm, ko`rgazmalar, kerakli masalliqlar.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |