Go'shtli salat (Olivye). Kerakli masalliqlar: go'sht 65 g, kartoshka 55 g, tuzlangan bodring 40 g, tuxum 15 g, mayonez 30 g, ko`k no'xat 15 g.
Ishning tartibi:
Pishirilgan go'sht, tuxum va kartoshkani mayda kub shaklida to`g`raladi.
Tuzlangan bodringni kubcha shaklida to'g'raladi.
To'g'ralgan mahsulotlar aralashtiriladi, tuzi rostlanadi, ko`k no'xat qo'shiladi.
Aralashtirilgan mahsulotlar mayonezda qoriladi.
Tayyor bo'lgan salatni maxsus idishlarga solinadi, ustini ko'katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Yaxna taomlarning organizm uchun ahamiyati qanday?
2.Tamaddilar deganda nimani tushunasiz?
3.Yaxna taomlarni tayyorlashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilasiz?
4.Sabzavot vinegretni tayyorlash bosqichlarini aytib bering.
5.Go'shtli salat qanday tayyorlanadi va dasturxonga qanday tortiladi?
Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa :Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlashni o’rganish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 15-16-dars
Mavzu : Ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tay-yorlash va dasturxonga tortish tartib, qoidasi. Sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoida-lariga rioya qilish
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga ochiq, yopiq va gazak uchun buterbrod tayyorlashni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsadi: Taom tayyorlashda, dasturxon bezashda xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida tushuncha berish va o`rgatib borish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarni pazandachilikka bo`lgan qizi-qishlarini, bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirib borish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni qiziqishiga ko`ra kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |