5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi dars bayoni
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr. 2.Ma`naviyat daqiqasi. 3.Qiziqarli savol –javoblar. Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi. O`tilganlarni takrorlash: Buterbrodlarning tayyorlanishi jihatidan qanday turlari bo'ladi? Ochiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi? Yopiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi? Gazak uchun tayyorlangan (kanape) buterbrodlar qanday tayyorlanadi? Yangi dars bayoni: Pazandachilik pishirish san`ati demakdir. Bu san`at insoniyatning eng qadimiy san`atlaridan biri bo`lib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanishdan,yig`im terimchilik va dehqonchilik kabi xo`jalik sohalarining ilk davridan boshlanadi va shu sohalarning ravnaq topishidan rivojlanadi. Binobarin taom tayyorlash ilmi, texnologiya va san`ati bo`lgan pazandalik kundalik hayotimizda muhim ro`l o`ynaydi. O'zbek pazandachiligining o'ziga xosligi - tansiq taomlarning lazzatli bo'lishi ikki omilga bog'liqligidir. Birinchi omil masalliqlarning yangi, sifatli, navlari yuqori bo'lishi, ikkinchi omil taomning tashqi ko'rinishi, xushbo'y hidi, ajoyib mazasi kabi sifatlarni ro'yobga chiqarishdir. Bu esa pazandaning mahoratiga bog'liqdir. O'zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko'p iste'mol qiladigan go'sht, un, guruch, mosh, no'xat, loviya, sabzavot va ko'katlardan foydalaniladi. O'zbek milliy pazandachiligida go'shtli taomlar tayyorlash alohi-da o'rin tutadi. Qo'y, mol, ot, parranda go'shtlaridan turli xil lazzatli taomlar tayyorlanadi. Shuningdek, O'zbekiston aholisi sut va sut mahsulotlarini keng miqyosda iste'mol qiladi. O'zbekiston sabzavot va mevalarga boy o'lka hisoblanadi. Bu turfa mevalar va sabzavotlar o'zbek dasturxonida munosib o'rin egallagan. Ichimliklardan, asosan, qora va ko'k choylar iste'mol qilinadi. Choyga o'zbek das-turxonida qand, parvarda, pashmak, novvot, asal, holva kabi sharq qandolat mevalari tortiladi. Taom tayyorlashda milliy pazandachiligimizda o'ziga xos ziravorlar, dorivorlardan, ko'katlardan foydalaniladi. Bundan tashqari taom sifati va tashqi ko'rinishiga ham katta ahamiyat beriladi. O'zbek taomlari tagi yarim sharsimon qozonlarda pishiriladi.Bunda masal-liqlami kovlab qovurish qulay, ovqat tagiga olmaydi, qozon o'choqqa yoki gaz plitasiga ham yaxshi o'rnashadi. O'zbek pazandachilik san'ati ham boshqa sohalar kabi hech qachon xolis taraqqiy eta olmaydi. O'zbekistonda yashayotgan turli millatlar va qo'shni mamlakatlar xalqlarining bir-biriga ta'siri davom etib kelaveradi. Masalan, o'zbek taomnomasiga qarasak, unda yevropacha, kavkazcha, tatarcha, uyg'urcha, qozoqcha, tojikcha va boshqa ko'plab taomlarning xillari rivojlanib borayotganini ko'ramiz. O'z navbatida, bizning palovlarimiz, xamir taomlarimiz, suyuq taomlarimiz boshqa xalqlarning dasturxonini bezab turibdi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling