5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Polotno to'qishni amalda karton va ipda bajarish quyidagichadir


Download 1.39 Mb.
bet34/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Polotno to'qishni amalda karton va ipda bajarish quyidagichadir:

  1. Ignaga ipni o'tkazib ramkaga mahkamlanadi (rasm, a).

  2. Ipni ramkadan bo'ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu bo'ylama ip bo'ladi (rasm, b).

  1. Boshqacha rangli ipni ikki qavat qilib, mokiga o'raladi va bo'ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining ostidan) o'tkaziladi. Bu ko'ndalang iplar bo'ladi (rasm, d).

  2. Ish so'ngida ipni uzmay, oxirgi ipni aylantirib qaytariladi. Gazlamaning enida ikki tomonida milk hosil bo'ladi (rasm, e).

  3. Tayyorlangan namunani ramkasi bilan albomga yopishtiriladi (rasm, f)





Sarja to'qilishining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, to'qilish rapportida eng kam ishtirok etadigan iplar soni 3 ta bo'ladi va har bir arqoq ipi tashlanganda, to'qilish naqshi bir ipga suriladi.
Sarja to'qishni amalda bajarish quyidagicha

  1. Sarja to'qishda ham xuddi polotno o'rilishi kabi shu o'lchamdagi oq va rangli qog'ozlar olinadi hamda o'sha tartibda kesib olinadi




  1. Rangli lentalarni oq qog'ozning orqa tomonidan o'tkaziladi. Ularni birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o'tkazib to'qiladi.

  2. Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o'tkazib to'qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi.

4. Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o'tkazib to'qiladi.
5.To'rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab to'qiladi. Hamma qatorda lentalaming har ikkala uchini oq qog'ozga yelimlab qo'yiladi.
6.Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.
Gazlamaning o'ng va teskarisini aniqlash. Gazlamaning ikki tomoni o'ngi va teskarisi gulining bosilishiga, silliqligiga, tuki va tozaligiga yoki gullar yo'nalishiga qarab aniqlanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling