5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
- Ma`naviyat daqiqasi.
- Yangi dars bayoni
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga qo`l choklarni tikishni, dazmollash usullarini o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga nafosat bilimini berish. Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda bichish-tikishga, dazmollash ishlariga bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish. Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarga o`zlari qiziqqan kasb-hunarlar haqida ma`lumot berish. Dars jihozi: Turli xil rangdagi iplar, qaychi, kerakli matolar, dazmol, ko`rgazma uchun rasmlar. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot. Darsning borishi: 1.Tashkiliy davr. 2.Ma`naviyat daqiqasi. 3.Qiziqarli savol –javoblar. Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi. O`tilganlarni takrorlash: Qo'l ishlarini bajarishda qanday talablar qo'yiladi? Qo'l ishlari qanday guruhlarga bo'linadi? Ish o'rniga qanday talablar qo'yiladi va qanday tashkil qilinadi? Qo'l ishlarini bajarishda - bichishda va qo'l ishlarida qanday asbob-uskunalar ishlatiladi? Qo'l ishlarini bajarishda qanday xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinadi? Qo'l choklarining turlarini sanab bering. Qo'l choklarini tikish qoidalarini izohlang. Qo'l choklarini tikish qoidalarini aytib bering. Yangi dars bayoni: Gazlamalarni silliqlash uchun, choklarni tekislash uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to`g`ri foydalanilsa ish sifatli chiqadi. Choklarni , kiyimlarni gazlamani teskari tomondan dazmollash kerak. Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari. Gazlamaning xossasiga qarab dazmolning issiqlik rostlagichi to`g`rilanadi. Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tekshirish kerak. Tayyor kiyimni avval teskari tomonidan, mayda qismlardan boshlab dazmollanadi. Dazmollangan kiyimni to`g`rilab ilib yoki taxlab qo`yiladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling