1. Mashinani ishga tayyorlash. Mashinaning moylarini artib, tepkisini
ko'tarib, ustki va ostki iplarini o'tkazib, baxya uzunligi to'g'rilab qo'yiladi.
Ishni boshlash. Gazlamani tepki tagiga qo'yib, igna tushiriladi. Ipning oxirini ushlab, tepki tushiriladi va ish boshlanadi.
Ishni bajarish. Belgilangan joydan baxyaqator tikish (gazlamani tortish yoki surish mumkin emas).
Ishni tugatish. Ignani, tepkini ko'tarib, gazlamani chap qo'l bilan tortib, ipni 10-15 sm qoldirib uziladi. Tepkining tagiga bir bo'lak gazlama qo'yib, tepkini tushirib qo'yiladi. Mashina ignasini ham pastki holatga tushirib qo'yiladi.
Mashinada ipsiz tikish. Asbob va materiallar: tikuv mashinasi, ipsiz tikish uchun gazlama bo'lagi yoki qog'oz, chizg'ich, qalam.
Gazlama bo'lagi yoki qog'ozga chizg'ich yordamida orasi 2 sm ga teng bo'lgan parallel chiziqlar o'tkaziladi.
Mashinaning moylarini artib, tepkisi ko'tarib qo'yiladi.
Gazlamani yoki qog'ozni tepki tagiga qo'yib, igna so'ngra tepki tushiriladi va tikish boshlanadi.
Parallel chiziqlar bo'ylab baxyaqator tikiladi. Bunda choklarning to'g'ri bo'lishiga e'tibor beriladi.
Ignani, tepkini ko'tarib, gazlamani yoki qog'ozni chap qo'l bilan tortib, tepki va igna tushirib qo'yiladi.
Ustki ipni o'tkazish (1-rasm).
Mashinani ish holatga keltirib, ignasi yuqoriga ko'tariladi (ignaning ariqchasi ichkari o'ng tomonda turishi kerak).
Ipli g'altak maxsus ustunchaga o'rnatiladi va ip yo'naltirgich -1 orqali o'tkaziladi.
Ustki ipni rostlovchi ikki tarelkacha-2 orasidan va moslovchi prujina-3 orqali o'tkaziladi.
Ip tortgich teshikchasi - 4 orqali o'tkazilib, yon qopqoqdagi ip yo'li - 5 bilan, igna ustunidagi ip yo'liga - 6 (ilgakdan) o'tkaziladi.
Ip igna teshigiga ip yo'li orqali - 7 ignaning ariqchasi tomonidan o'tkaziladi, ipning ortiqcha uchi 10-15 sm bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |