3. Bezak choklar
3.1.Bir-bi-riga qaragan taxlama
|
|
Bir-biriga qaragan taxlama 3 ta chiziq bilan o'rta chiziq-1, yon chi-ziq-2, tikish oxiri'chizig'i-3 (chizma-a). Bir-biriga qaragan taxlama-ni hosil qilish uchun bo'lak belgilangan o'rta chiziq-1 bo'yicha o'n-gini ichkariga qilib qayriladi. Yon chiziq-2 bo'yicha oxirgi tikish chizig'i-3 gacha avval ko'klanadi so'ngra mashinada tikiladi. Oxirgi tikish chizig'ida-3 chok mahkamlanadi. Ko'klash choki olib tashla-nadi, taxlama ikki tomonga yorib, (belgilangan o'rta chiziq tikish chokida aniq yotishi kerak) dazmollanadi (chizma b). Taxlama chu-qurligi fasonga bog'liq.
|
Ko'klash choki olib tashlanadi
|
|
O'ng tomondan bitta chiziq belgilanadi. Bajarish vaqtida bo'lak belgilangan chiziqdan teskari tomon ichiga buklanib avval ko'klanadi, so'ngra mashinada tikiladi. Ko'klash choki olib tashlanib ga yorib, (belgilangan o'rta chiziq tikish chokida aniq yotishi kerak) dazmollanadi (chizma b). Taxlama chuqurligi fasonga bog'liq.
|
3.2 Bukma
|
|
O'ng tomondan bitta chiziq belgilanadi. Bajarish vaqtida bo'lak bel-gilangan chiziqdan teskari tomon ichiga buklanib avval ko'klanadi, so'ngra mashinada tikiladi. Ko'klash choki olib tashlanib, bukma bir tomonga qaratib dazmollanadi. Chok kengligi 0,1-0,3 sm.
|
O'quvchilar texnologik xarita yordamida chok turlarini tikadilar, tayyor namunalami har birini nomlab albomga yopishtiradilar.
Mustahkamlash uchun savollar:
Tikuv mashinasida ishlash qoidalarini izohlab bering?
Mashinada ipsiz tikish bosqichlarini ayting?
Tikuv mashinasiga ostki ip qanday o'tkaziladi?
Tikuv mashinasiga ustki ip qanday o'tkaziladi?
Mashina choklarining qanday turlari mavjud?
Biriktirma chok turlarini sanab bering.
Ziy choklarining turlarini sanab bering.
Bezak choklarining turlarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |