Ostki ipni o'tkazish (2-rasm):
Ip o'ralgan naychani mokiga o'rnatiladi (2-rasm, a).
Naychadagi ipni mokidagi ip chiqaruvchi prujina orasidan o'tkaziladi, ipning ortiqcha qismi 10-15 sm bo'ladi (1-rasm, b).
Mokini moki uyasiga o'rnatiladi (2-rasm, d).
Ustki surilma plastinkani yopib, mokidagi ipni igna plastinkasining teshikchasidan chiqariladi (2-rasm, e).
Har ikkala ipni tepkining orqasiga o'tkazish kerak.
Mashina choklarini tikish. Asbob va materiallar: tikuv mashinasi, g'altak ip, 5x8 sm o'lchamdagi sidirg'a gazlama bo'laklari, ish qutichasi, maxsus chizg'ich, qaychi.
Mashina choklari uch turli bo'ladi (jadval).
1. Biriktirma choklar. 2. Ziy choklar. 3. Bezak choklar.
Mashina choklarini tikish bo'yicha texnologik xarita j a d v a 1
Chokturi
|
Chizma
|
Tikishni bajarish tartibi
|
1. Biriktirma choklar
|
1.1 Bir tomon-ga yotqizib daz-
mollash (a)
1.2.Yorib
dazmollash(b)
|
|
Biriktirma ehokni tikishda ikki gazlama bo'lagi ' o'ngini o'ngiga qilib, qirqimlar bir xil qilinadi, avval qo'lda ko'klanadi va birik-tirma chokda qirqim bilan parallel holda tikiladi. Chok kengligi
0,5-1,5 sm. Ko'klash chokini ipi olib tashlanadi va chokni tekislab, chok haqilari bir tomonga yotqizib yoki orasi yorib dazmollanadi.
|
1.3 Qo'yma chok
|
|
Bir bo'lakning o'rniga ikkinchi bo'lak o'ngini qo'yib, ko'klab chiqi-ladi. To'g'ri ko'rinishidagi chok bilan qirqimdan 0,5 sm kenglikda tikiladi. Ko'klash chokini ipi olib tashlanadi va chokni tekislab dazmollanadi.
|
2. Ziy choklar
|
2.1.Ochiq qirqimli buklama chok
2.2. Yopiq qirqimli buklama chok
|
|
Qirqim avval yo'rma qaviqda tikib olinadi, so'ngra qirqimini buklab, ko'klab tikiladi. Ko'klash chokidan 0,1 sm oraliqda ma-shinada bostirib baxyaqator tikiladi va chokning oxiri 1 mustah-kamlanadi. Ko'klash chokining ipi olib tashlanadi va tekislab dazmollanadi. Bo'lak qirqimi teskarisiga 0,5-0,7 sm bukiladi. Chok kengligi 0,1-0,3 sm.
|
|
Bo'lak qirqimi teskarisiga buklab ko'klanadi, so'ngra fasonda ko'r-satilgan kenglikda у ana bukiladi va ko'klanadi. Bukilgan ziydan ko'klash chokidan 0,1 sm oraliqda baxyaqator yuritiladi, chokning oxiri mustahkamlanadi. Ko'klash chokining ipi olib tashlanadi va tekislab dazmollanadi. Birinchi bukilish kengligi 0,7 sm. Chok kengligi 0,1-0,2 sm.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |