5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
Yangi dars bayoni:
Bichish va tikish haqida ma'lumot Kiyimning turlari. Did bilan yaxshi, toza va milliy uslubda ki-yinishga yoshlikdan o'rganish zarur. Bolalaming gavdasiga munosib va qulay kiyim tanlashi kerak. Kiyimlar o'z vazifasiga ko'ra bir necha turga bo'linadi: uy kiyimi - uyda kiyiladi; kundalik kiyim - ishda har kuni kiyiladi; sport kiyimi - dam olishda, sport mashg'ulotlarida kiyiladi; bashang kiyimlar - turli kechalarda, to'y-tantanalarda kiyiladi; ish kiyimi - uy yumushlarini bajarishda, mehnat darslarida kiyiladi. Biror kiyimni tikish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi: Odam gavdasidan o'lchov olish. Tikiladigan kiyim fasonini tanlash va uning eskizini chizish. Gazlama tanlash va uning xossalarini aniqlash. Buyum chizmasini qurish, chizma asosida andoza tayyorlash, ularning atrofini qirqib chiqish. Andozani bichishga tayyorlash, andozaga belgilar qo'yish. Gazlamani bichishga tayyorlash va andozani joylashtirish. Buyumni bichish va tikish, tayyor kiyimni pardozlash. Fartuk va bog'ichli qalpoqcha chizmasini qurish uchun gavdadan o'lchov olish (1-rasm)da ko'rsatilgan. O'lchovni to'g'ri olish uchun gavdaning asosiy chiziqlari o'rinlari: bo'yin chizig'i, ko'krak chizig'i, bel chizig'i, bo'ksa chizig'i, etak chizig'i aniqlanadi. O'lchov olishda quyidagilarga amal qilinadi: 1 O'lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi, uni tortib yoki bo'sh qilib o'lchash mumkin emas. Belning ixcham joyidan belbog' bilan bog'lanadi. O'lchov olinayotganda gavdani to'g'ri, bo'sh tutib turish kerak, aks holda o'lchov noto'g'ri chiqadi. Aylana o'lchovlari to'liq olinib, uning yarim qiymati yoziladi, chunki fartuk chizmasining yarmi chiziladi. Uzunlik o'lchovlari esa to'liq yoziladi. Gavdadan olingan o'lchovlar qiymati 1-jadvalda keltirilgan.
Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling