5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Bog'ichli qalpoqchani bichish va tikish Bichishga qo'yiladigan talablar


Download 1.39 Mb.
bet60/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Bog'ichli qalpoqchani bichish va tikish Bichishga qo'yiladigan talablar:

  1. Bichishdan oldin gazlama yaxshilab dazmollanadi va taxlab qo'yiladi.

  2. Gazlamaning bo`уlama ipini, gullarini, sirtidagi nuqsonlarini hisobga olib andoza qismlarini gazlamaga ketma-ket joylashtiriladi.

  1. Andoza qismlarining atrofini bo'r, sovun yoki oddiy qalam bilan chizib chiqiladi.

  2. Gazlamadagi qoldirilgan chok haqi andoza qismlarida qoldirilgan chok haqi bilan bir xil bo'lishi kerak.

  1. Andoza qismlarini aniq chizilgani bo'yicha qirqiladi.

  1. Bichish vaqtida andozani gazlamaga tejamkorlik bilan joylashtirish, mumkin qadar chiqindini kam chiqarish kerak.

Tikilayotgan kiyim qismlarining sifatiga qo'yiladigan talablar:

  1. Qo'l choklari bir xil uzunlikda tikiladi.

  2. Mashina choklari belgilangan joy dan va chetidan bir xil masofada o'tishi, burchaklari tekis chiqishi kerak.

  3. Salqi qaviqqator va to'g'nag'ich, ko'klangan qaviqqatordan ke­yin olib tashlanadi, bu ko'klash choki esa baxyaqatordan keyin olib tashlanadi.

  4. Hamma choklari va qismlari dazmollanadi.

Tayyor kiyimning sifatiga qo'yiladigan talablar:

  1. Tayyor kiyimning tashqi ko'rinishi tanlangan moda bilan bir xil bo'lishi kerak.

  2. Kiyimning o'xshash qismlari o'zaro teng va simmetrik joylashgan bo'lishi shart.

  3. Tayyorlangan kiyim yaxshi dazmollanishi lozim.
    Bog`ichli qalpoqchani tayyorlash texnologiyasi:
    1. Bichish.

2.Bichilgan buyumning qismlarini tikishga tayyorlash.
3.Qalpoqchaning chetlarini tikish.

  1. Qalpoqchaning yuqori va pastki qirqimlarini bukib tikish.

  2. Qalpoqchaga oxirgi ishlov berish va bezash.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling