5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Bog'ichli qalpoqchani bichish


Download 1.39 Mb.
bet61/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Bog'ichli qalpoqchani bichish
Asbob va moslamalar: gazlama, qaychi, ish qutisi, to'g'nag'ich, bo'r.

  1. Bog'ichli qalpoqchani (1-rasm)da ko'rsatilganday avval andozasi tayyorlab olinib, so'ngra gazlamadan 1 dona bichib olishda quyidagi ishlar bajariladi: Gazlamaning sifatini, ya'ni dog'lari, ipi uzilgan (yirtiq, teshik) joylari va boshqa kamchiliklari bor-yo'qligini tekshirish.

  2. Gazlamaning eni va bo'yini o'lchash (andozani tejamkorlik bilan joylashtirish uchun).




  1. Gazlamaning guliga, bo'ylama ipining yo'nalishiga qarab o'ngi va teskarisini aniqlash.

  2. Gazlamani dazmollash. Uzunligi bo'yicha milkini qirqib olib tashlash.

5. Gazlamaning o'ngini o'ngiga qaratib, bo'r bilan chizilgan joyiga tushiriladi va to'g'nag'ich bilan qadab qo'yish.

6. Gazlamaning ko'ndalang (yon) tomonini tekislab qirqish (chizg'ich yordamida bo'r bilan chizish va ortiqchasini qirqib tashlash).




Bog'ichli qalpoqchani tikish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. To'g'ri to'rtburchak shakldagi bu qalpoqchaning ikki yon tomoni avval 0,5 sm ga bukib olinadi, so'ngra 1 sm ga yana bukib qo'lda ko'klab chiqiladi.

  2. Ko'klov chizig'idan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqator tikiladi.

  3. So'ngra ko'klangan ip olib tashlanadi. Choklariga namlik-issiqlik ishlovi beriladi.

  4. Tasmali qalpoqchaning pastki qismi avval 0,5 sm ga bukib olinadi, so'ngra 2 sm ga yana bukib qo'lda tikib chiqiladi.

  5. Tasmali qalpoqchaning yuqorigi qismi avval 0,5 sm ga bukib olinadi, so'ngra 4 sm ga yana bukib qo'lda tikib chiqiladi.

  6. Ko'klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqator tikiladi.

  7. Tasmali qalpoqchaning yuqori qismida burma hosil qilish maqsadida chetidan 2 sm qoldirib yana avval qo'lda keyin mashinada baxyaqator yuritib chiqiladi.

  8. So'ngra ko'klangan ip olib tashlanadi. Choklariga namlik-issiqlik ishlovi beriladi (2-rasm).

  9. Qalpoqchaning yuqori va pastki 2 sm li choklari orasiga tasmalar o'tkaziladi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling