- Kiyimni tikishga tayyorlashning gazlama tanlash, andazani gazlamaga joylashtirish, bichish, tikish hamda kiyimga oxirgi ishlov berish bosqichlari mavjud.
- Ushbu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirish kiyimni sifatli va talab darajasida tayyorlashga zamin bo‘ladi. Gazlamani bichishga tayyorlashdan oldin uning arqoq va tanda iplari joylanishini, o‘ng va teskari tomonlarini aniqlab olish kerak.
- Ayrim gazlamalarning o‘ng va teskari tomonlaridagi gullari ikki tomonlama bo‘ladi. Bunday holatda gazlamaning bir tomonini bichishga tayyorlab, unga tikuvchilik bo‘ri bilan belgi qo‘yish kerak.
- Gazlamaning tuki, guli, shaklli chiziqlari joylanishini inobatga olib, namlab-isitish jarayoni o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda gazlamaning g‘ijimlangan qismlari tekislab olinadi.
- Gazlamaga andazani joylashtirishda dastlab asosiy qismlarni, so‘ngra ochiq qolgan joylariga mayda detallarini joylashtirish kerak.
- Gazlamani bichishga tayyorlash tartibi.
- Fartuk va ro‘molni bichish
- Kerakli jihozlar: paxta yoki zig‘ir tolali gazlama, qaychi, chizg‘ich, uchburchak chizg‘ich, tikuvchilik bo‘ri, tikuvchilik to‘g‘nag‘ichlari.
- Gazlamani tayyorlash.
-
- Gazlama sifati (dog‘, yirtiq, ranglar va gullarning yetishmasligi) tekshiriladi.
- Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlari aniqlanadi. Uzunlik, eni, rasm va gullarning joylashishi tekshiriladi. Gazlama o‘ngini teskarisiga qilib, o‘zingizga qaratib buklab, tekislab olib, to‘g‘nag‘ich bilan puxtalaysiz.
- Qaychining ikki aylanasidan ikki barmoq o‘tkazilib, gazlamaga yotiq holda yo‘naltiriladi.
- Qaychining o‘tkir tig‘lari gazlamani yaroqsiz holga keltirishidan ehtiyot bo‘ling.
- Gazlamani bichish vaqtida surilib ketmasligi uchun qo‘lda ushlab turish kerak.
- 2. Gazlamaga andazani joylashtirish.
- Fartuk andazasining bo‘ylama ipi bo‘yicha gazlamani tejagan holda joylashtirib, to‘g‘nag‘ich bilan puxtalang. So‘ngra cho‘ntak qismini bo‘ylama ipi bo‘yicha joylashtirib, to‘g‘nag‘ich bilan qotiring.
- Ro‘mol andazasini ham joylashtiring va to‘g‘nag‘ich bilan puxtalang. Tikuvchilik bo‘ri bilan chok haqini qoldirib, kontur chiziqlarini chizib oling. Gazlamaga andazani to‘g‘ri joylashtirganingizni tekshiring.
- 3. Fartukni bichish.
- Kontur chiziqlari bo‘ylab bir tekis biching. Bichiq bo‘laklarni tekshiring.
- 4. Belbog‘ va bog‘ich qismlari gazlamani 45° qiyalikda buklab, hisoblash formulasidagi o‘lchov bo‘yicha bichiladi.
- Diqqat qiling!
- Gazlamani andazaga joylashtirish jarayonida detallar va chiziqlar nomi qalam bilan yoziladi.
- Andazani gazlamaga joylashtirish jarayoni.
- Asbob va moslamalar: ish qutisi, fartukning bichilgan detallari, tikuv mashinasi, dazmol va dazmol stoli.
- Bilasizmi, eng mayda ignalarni dunyo bo‘yicha Germaniyada tayyorlashar ekan. Bu ignalar po‘latdan lupa orqali tayyorlanar ekan. Ignaning uzunligi 9–10 mm, diametri 0,28 mm ni tashkil etar ekan.
- Britaniyalik haykaltarosh Uillard Uigan ignaning teshigiga sig‘adigan 2 mm li kofe donachasidan foydalanib, Yelizaveta II ning haykalini yaratgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |